Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:07

Nurab tushayotgan dabdabali "namunaviy uylar"


Ozodlikning OzodMaktub rukniga kelgan navbatdagi muktub muallifi "prezident" uylaridan birining omadi yurishmagan xaridori. Mushtariymizning "namunaviy uylar" rasmlarini ilova qilgan maktubini e‘tiboringizga havola qilamiz.

"Prezidentimiz tashabbusi bilan qurilayotgan namunaviy loyihadagi uylardan olgandim, ya‘ni kottej.

Televizorda dabdaba bilan ko‘rsatishadi¸ bu yoqda esa qurayotgan kottejlari hali qurib tugatilmasidan nurab tushayapdi.

Hali bu hammasi emas. Bundan tashqari, ular smetada ko‘rsatilgan uy jihozlarining hammasini ham berishmadi.

Bu kottejlar aslida jihozlari bilan topshirilishi kerak edi. Bular hatto qurilishni tugatmayapti ya‘ni bu kottejlarni tugatib topshirmasdan yana yangi kottej qurishayapti.

Mana sizga obod mahallalar. Bu uylar bir yilga bormasdan vayrona mahallaga aylanadi.

Bizga yordam qo‘lini cho‘zadigan insonlar bormikan bu yorug‘ olamda."

XS
SM
MD
LG