Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:13

Ruslan Chagayev: Men hali ham O‘zbekiston fuqarosiman


Ruslan Chagayev.
Ruslan Chagayev.

Taniqli bokschi Ruslan Chagaev Rossiyaning “Sovetskiy sport” nashriga bergan intervyusida O‘zbekiston fuqaroligidan voz kechmaganini bildirdi.

Eslatamiz, Chagaev 6 iyul kuni Grozniy shahridagi “Ahmat-Arena”da puertorikalik Fres Okendoga qarshi o‘tgan jangda ringga Rossiya bayrog‘i va gimni ostida chiqqan edi.

Ushbu jangda ochkolar hisobidan g‘alabaga erishga o‘zbekistonlik bokschi WBA yo‘nalishi bo‘yicha eng og‘ir vazn toifasida “muntazam” jahon chempioniga aylandi.

- Yo‘q, men fuqaroligimni o‘zgartirmadim. Men hali ham O‘zbekiston fuqarosiman. Jang Rossiya Federatsiyasida o‘tgani va men Grozniydagi “Ahmat” klubida tayyorgarlik ko‘rganim uchun tashkilotchilar Rossiya gimnini qo‘yishga qaror qilishgan. Reglament bo‘yicha esa O‘zbekiston gimni yangrashi kerak edi, - dedi o‘zbekistonlik bokschi “Sovetskiy sport” nashriga.

35 yoshli Ruslan Chagayev o‘tgan yildan buyon boks janglarida Chechenistondagi Ahmad hoji Qodirov nomli boks klubini tamsil etib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG