Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:37

Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari 2018 yilgi Jahon chempionatini Rossiyada o‘tkazmaslikka chaqirdi


Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari Nik Klegg Ukraina sharqida fuqaroviy uchoqning urib tushirilishida ayblanayotgan Rossiya 2018 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqidan mahrum qilinishi kerakligini bildirdi.

Britaniyalik siyosatchining aytishicha, sport tadbirlarini boykot qilish Yevropa Ittifoqi tarafidan Moskvaga nisbatan joriy etiladigan jazo choralarining bir qismi bo‘lishi kerak.

Bu haqda "Sunday Times” gazetasiga gapirgan Nik Klegg, Ukrainadagi voqealardan so‘ng Rossiyaning futbol bayramiga mezbonlik qilishini "xayolga keltirib bo‘lmaydi".

Avvalroq FIFA - Xalqaro Futbol Uyushmalari Federatsiyasi Germaniya rasmiylarining 2018 yilgi o‘yinlar mezbonini o‘zgartirish chaqiriqlarini rad etgandi.

- Sport o‘yinlarini boykot qilish, qarama-qarshilik yoki yakkalantirish siyosati muammolarni hal qilishdagi samarali usullar emasligini tarix ko‘rsatib turibdi, - deyiladi FIFA tarafidan 25 iyul kuni e‘lon qilingan bayonotda.

XS
SM
MD
LG