Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:11

Moskvada 4 oy ko‘chada qolgan 9 yashar samarqandlik qizaloq topildi


Moskvada topilgan 9 yashar Nargizaning ota-onasi qidirilmoqda. Uni o‘z nazoratiga olgan Moskva shifoxonasi ma‘muriyati qizaloq Samarqanddan ekani, Madina ismli onasi avtohalokatda nobud bo‘lgani va so‘nggi 4 oy davomida tilanchilik qilib kun kechirib yurganini gapirmoqda.

“VKontakte” ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilaridan biri 27 iyul kuni Moskva viloyatining Mosrentgen shaharchasida qarovsiz yurgan o‘zbekistonlik qizchani topib olgani to‘g‘risida xabar tarqatdi.

Qizchaning ismi Nargiza ekan, familiyasi noma‘lum, 9 yoshda, qorachadan kelgan, sochining rangi – qizg‘ish, o‘ng qanshari ustida chandig‘i bor, ko‘chada 4 oy yashagan”, deyiladi xabarda.

Nargizani ko‘chada topib olgan va politsiya xodimlariga topshirgan moskvalik Timur Ozodlik bilan suhbatda qizchaning yaqinlarini qidirayotganini gapirib berdi.

- Men oilam bilan tashqarida sayr qilib yurgandim. Bir vaqt yon qo‘shnim bir qizchani yetaklab keldi. Qizcha nimadandir qo‘rqib ketgan, qo‘shni ayolga yopishib olgan, “Meni politsiyaga topshirmang!” deb turibdi. Men o‘sha yerdagi o‘zbek yigitlarni chaqirib u bilan suhbatdan aniqladimki, Samarqandda aka-singillari bor, bu yerda 4 oydan beri ko‘chada yurgan ekan. Ko‘rinishidan juda abgor ham emas. Uni shu yerdagi chiqindi tashlanadigan baklardan birida kitob-daftarlarni olayotganda ko‘rib qolishibdi. U onasi avtohalokatda o‘lib ketgani, otasi bundan ancha oldin o‘lib ketganini aytdi. Onasining ismi Madina ekan, - deydi qizaloqning taqdiri bilan qiziqib qolgan Timur.

Asli Chirchiqdan ekanini gapirgan bu shaxs qizaloqni yaqinlari topilgungacha o‘z qaramog‘iga olishga tayyorligini aytadi.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:56 0:00
Бевосита линк

“Eng hayratlisi – 9 yoshdagi qizchaning o‘z familiyasini bilmasligida. Shu sababli men uning fotosuratini olib yon-atrofga yopishtirib chiqmoqchiman”, deya davom etadi Timur.

- Men ikki soat oldin Speranskogo nomli bolalar shifoxonasiga borgan edim, uni 21 shifoxonaga olib ketishibdi: unga biroz kiyim-kechak berish, uni fotosuratini olib, ijtimoiy tarmoqqqa tashlash uchun. Kecha kechasi ham politsiya bo‘limiga borgandim, uni ko‘ruvdim – uxlab yotgan ekan oyoqlarini yig‘ib stulda. Sok-pechenьelar olib kelgandim, uyg‘otishga rahmim keldi. Hozir men e‘lon tayyorlab atrofdagi bozor-ko‘chalarda osib chiqmoqchiman, samarqandlik tanishlarga aytyapman. Bolani bolalar uyiga berib bo‘lmaydi, chunki uning hayoti buzilib ketadi, - deydi Timur.

Timur bolani qidirib shifoxonaga borganida Nargizani unga ko‘rsatishmagani, shifoxona xodimlaridan biri “Nima qilasan, o‘zbekning bolasini – vokzalga borib rus bolachalariga yordam bersang bo‘lmaydimi?” degan so‘zlaridan hayratga tushgani va kiyim-kechaklarni bera olmasdan ortga qaytganidan afsuslandi.

Ozodlikning aniqlashicha, 28 iyul kuni ertalab Nargiza mahalliy politsiya bo‘limidan Moskvaning Sviblovo tumanida joylashgan bolalar shifoxonasiga jo‘natilgan.

Shifoxona xodimasi qizaloqni bit bosgani va u biroz muddat karantinda saqlanishini bildirdi.

- Ha olib kelishdi. Ko‘rinishidan tuppa-tuzuk, lekin kirlanib ketgan.O‘zbekistondan ekan, ota-onam o‘lgan deyapti, hatto familiyasini bilmaydi. U bir haftalarcha bizda qoladi, biz uni tekshiruvdan o‘tkazamiz, analizlarini olamiz, agarda ota-onasi topilmasa – Altufьevodagi bolalar uyiga yuboriladi, - dedi shifoxonaning o‘zini tanishtirmagan hamshirasi.

21-sonli Bolalar shifoxonasi shifokor-psixologi Anastasiya Selezneva Ozodlikka bola ko‘zdan kechirilganida haqiqatan anchadan beri ko‘chada yurgani, hatto bitlab ketganini bildirdi.

- Ko‘cha bolasi... Pedikulezi bor ekan. Anchadan beri ko‘chada qarovsiz yurgani aniq. Biz kecha sochlarini qisqartirib biroz epaqaga keltirdik. U ota-onasi avtohalokatda o‘lgani, O‘zbekistonda akasi va momosi yashayotganini aytdi. Shuningdek, bu yerda boshqa qarindoshlari yo‘qligi, Shchelkovskoye metro bekati atrofida yashashganini bildik. Qizaloq biroz rivojlanishdan to‘xtagan, shu sababli hatto familiyasini bilmaydi. Ota-onasi juda oddiy odamlar ko‘rinadi. Oddiy bola, qo‘g‘irchoq uynab o‘tiribdi. Ruscha gapiradi, lekin ruscha so‘zlarni bitta-bitta ishlatadi. Qizig‘i, o‘z tilida umuman gapirmayapti, - deydi Anastasiya Selezneva.

Nargizani hozircha “yovvoyi Maugli” kabi o‘zini tutayotganini gapirgan davolovchi vrach o‘zbekistonlik qizcha bir-ikki kun ichida biroz o‘ziga kelib qolishi va o‘zi haqida yana boshqa ma‘lumotlarni berib qolishi mumkinligini ma‘lum qildi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:55 0:00
Бевосита линк

Samarqanddan bo‘lgani, onasining ismi Madina ekani va bola qorachadan kelganini hisobga olib, “Qizcha tojik oiladan bo‘lishi mumkinmi?” savolimizga shifokor Anastasiya Selezneva:

- U bir-ikki marotaba akasi va momosi “Tojikistonda”, keyin “Yo‘q, O‘zbekistonda” deb to‘g‘rilab oldi. Lekin ko‘rinishidan u ko‘proq darhaqiqat tojik qizchaga o‘xshab ketadi. Bola davolanishdan keyin Altufьevodagi bolalar uyiga o‘tkaziladi. U yerdagi ijtimoiy bo‘lim xodimlari tegishli elchixona yoki vakolatxonaga bildirishnoma yuboradi. Agarda haqiqatan qizchaning yaqinlari O‘zbekistondan topilsa u o‘sha yerga jo‘natiladi, - dedi.

Shifoxona rahbariyati Ozodlik orqali Nargizani tanigan yoki bilganlarni bevosita 21 sonli shifoxonaga yoki Altufьevodagi Bolalar Uyiga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.

Ozodlik Nargizaning keyingi taqdiriga oid ma‘lumotlarni berib boradi.

XS
SM
MD
LG