Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:05

O‘zbek o‘quvchilari Matematika xalqaro musobaqasida 31 davlat ichida 2-o‘rinni egalladi


O‘zbekistonlik o‘quvchilarning Matematika bo‘yicha terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston matbuotining bildirishicha, musobaqalar 21-26 iyul kunlari Tedjon shahrida bo‘lib o‘tgan.

Matematika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga o‘quvchilar ikki bosqichli tanlov asosida tanlab olingan. Ularga xalqaro musobaqalarga ketgunlariga qadar O‘zbekistondagi taniqli matematiklar dars bergan.

Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada dunyoning 31 davlatidan 600 o‘quvchi ishtirok etgan. Musobaqada birinchi o‘rinni Filippin terma jamoasi egallagan.

XS
SM
MD
LG