Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:28

Xabarovskda bir Dilshod o‘ldirildi, Podmoskovyeda yana biri qidiruvga berildi


Rossiyaning Uzoq Sharqi markazi bo‘lgan Xabarovsk shahrida pichoqlangan 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi nobud bo‘ldi. Yaqinlari bu muhojir o‘limida mahalliy shifoxona vrachlarining ham aybi borligini gapirmoqda.

Xabarovskda Dilshodni o‘ldirganlikda qo‘shnilari ayblanmoqda

26 iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning Uzoq Sharq va Xabarovsk o‘lkasi poytaxtida samarqandlik muhojirlar janjali oqibatida 27 yoshli Dilshod ismli yigit nobud bo‘ldi.

Bu haqida Ozodlikka so‘zlab bergan va ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan muhojirlardan biri marhumni yaxshi taniganini aytadi.

- To‘rt kun oldin bo‘ldi. U bolaning ismi Dilshod. Oldin boshqa shaharda bo‘lgan, keyin uni qaynilari chaqirgach kelgan, ular bilan bir kvartirada turgan. Qo‘shni xonani samarqandlik er-xotin ijaraga olib turgan. Kechasi soat uchlarda eri kelib qo‘shnilar bilan janjal qilgan. Bu bola uyqudan uyg‘onib ketgan va chiqib “Nimaga janjal qilyapsizlar, tong otib qoldi”, deb tashqariga chiqqan paytida, er rashk qilibmi, pichoq olib chiqib bo‘yniga tortvorgan, deydi xabarni yetkazgan o‘zbek muhojiri.

Uning aytishicha, og‘ir jarohat bilan shifoxonaga olib borilgan Dilshodning yarasini navbatchi shifokor tikkan.

- O‘sha kuni bolnitsaga qaynisi olib borgan. Do‘xtirning ham kayfi zo‘rmikan, bilmadim, yaraning ustidan tikkanu ichini tikmagan va uyiga qaytarvorgan. Uyiga kelganidan keyin u bolaning isitmasi ko‘tarilgan va mazasi bo‘lmagan. Skoriy chaqirtirilgan, u yerga melisa bilan kelib ular boyagi bolani yana bolnitsaga olib borgan. Uje bo‘lmagan – jon bervorgan. Mana endi morgda yotibdi. Bizlar bu yerda pul yig‘yapmiz: kimdir Vladivostokdan, kimdir Kamchatkadan tashlayapti. Adashmasam, ertaga morgda u yigit bilan xayrlashiladi, dedi o‘ldirilgan yigitning yaqin tanishlaridan bo‘lgan muhojir.

Ma‘lum bo‘lishicha, Dilshodning jasadini juma yoki shanba kungi samolyot reyslaridan biri bilan Samarqandga jo‘natishga tayyorlanmoqda. Politsiya yigitning qotilligida ayblanayotgan samarqandlik er-xotinni hibsga olgani aytildi.

Xabarovsk shahar politsiyasi bu hodisa yuzasidan hozircha biror izoh berilmasligini ma‘lum qildi.

Podmoskovyeda Dilshod qotillikda ayblanmoqda

Ayni paytda, Moskva viloyatida Dilshod ismli boshqa o‘zbekistonlik qidiruvga berildi.

Moskva viloyatining Volokolamskoye tumanidagi dala hovlilaridan biriga nafaqaxo‘r er-xotin tanishlarini ko‘rgani kelgan shaxs ularni bo‘g‘izlab ketilgan holda topdi.

Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari 57 yoshli Vitaliy Vyazovetskiy va 58 yoshli Yelena Vorobьyovalar 10 kun oldin o‘ldirilgani, Moskvadagi bugungi issiqda jasadlar sasiy boshlaganini aniqlagan. O‘ldirilgan Vitaliy verandada, uning rafiqasi Yelena ichki xonada oshxona pichog‘i bilan bo‘ynidan so‘yib ketilgani ma‘lum bo‘ldi.

Politsiya o‘lishidan oldin uy egalari hovlisida bazm bo‘lgani, xonada katta miqdorda ichilgan spirtli ichimlik idishlari topilganini ta‘kidlamoqda.

Ozodlik olgan ma‘lumotga ko‘ra, Moskva viloyat politsiyasi bu qotillikni sodir etganlikda gumon qilib o‘zbekistonlik Dilshod Hayitovni qidiruvga bergan. Moskva viloyati Tergov qo‘mitasi tarqatgan dastlabki xabardan Dilshod Hayitov o‘ldirilgan er-xotinga dala hovlidagi ishlarida ko‘maklashib kelgan.

Hodisadan bir kun oldin mehnat muhojiri ulardan ish haqini talab qilgan. Yuzaga kelgan janjal paytida 25 yoshli o‘zbek ish beruvchilarni bo‘g‘izlab qo‘ygan va ularga tegishli bo‘lgan “Kia Rio” avtomashinasida hodisa joyidan qochgan.

Dilshod Hayitovni allqachon jinoyatchiga chiqargan "Moskovskiy komsomolets" nashri Rossiya huquq-tartibot idoralari jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik Dilshodni qo‘lga tushirish uchun maxsus operatsiya ishlab chiqqani va nafaqaxo‘rlarga tegishli mashina “Don” yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgani aniqlanganini xabar qildi.

Moskva viloyati Tergov qo‘mitasi Volokolamskoye tumanidagi ikki qotillik yuzasidan RF Jinoyat Kodeksining 105 moddasi 2 qismi (ikki kishining o‘ldirilishi) asosida jinoiy ish ochdi.

XS
SM
MD
LG