Линклар

O‘zbekistonda yilning eng obod 3 masjidi aniqlandi


O‘zbekistonda yilning eng obod masjidi deb topilgan Toshkentdagi "Chimir ota" masjidi.

O‘zbekistonda yilning eng obod masjidi deb topilgan Toshkentdagi "Chimir ota" masjidi.

Toshkentdagi "Chimir ota", Qo‘qondagi "Degrezlik" va Toshkent viloyatidagi "Fath" masjidlari yilning eng obod masjidlari, deb topildi. Islom.uz portali o‘tkazgan an‘anaviy bu tanlov hay‘ati rahbari shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdir va u bu yilgi Ramazonda yirik, obod masjidlarda ma‘ruzalar o‘qidi.

Islom.uz portali bu yil respublikada eng obod, deb topilgan uch masjidni aniqladi va portal rasmiy saytida ushbu masjidlardan fotomateriallar e‘lon qilindi.

Tanlovda ishtirok etgan masjidlarga ularning tashqi va ichki ko‘rinishi, ozodaligi, masjid xodimlarning faoliyati, namozxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovoz kuchaytiruvchi jihozlarning ishlashi, kutubxonalarning kitoblar bilan ta‘minlangani, tahoratxonalarning ozodaligi va boshqa mezonlar bo‘yicha baho berildi.

Masjidlar bo‘yicha to‘plangan baholar Butun dunyo masjidlar uyushmasining a‘zosi, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari boshchiligidagi hakamlar hay‘ati tomonidan umumlashtirilib, e‘lon qilindi.

Eng obod masjid, deb topilgan Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi “Chimir ota” masjidi haqida portalda shunday ma‘lumot berildi:

"Chimir ota Xo‘ja Ahmad Yassaviy xazratlarining iqtidorli shogirlaridan yoki zurriyotlaridan biri bo‘lib, Toshkentda yashaganlar va atrofdagi musulmonlarni Yassaviy tariqatiga chaqirganlar... Chimir ota taxminan 1450-1530 yillarda Toshkentda tug‘ilib, shu yerda yashab vafot etga va hozirgi Chimir ota qabristoniga dafn etilgan. "Chimir ota" jome‘ masjidi Forobi ko‘chasi 455-uyda joylashgan bo‘lib “Shifokorlar” mahallasi xududidadir. “Chimir ota” qabristoni va masjid taxminan 900 yil yoki 500 yildan beri mavjud... Masjid 40 metrga 30 metr qilib qurilgan... Ikki mingga yaqin namozxon sig‘adi", deb xabar qildi Islom.uz portali.

Quyida ushbu masjiddan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin:

Islom.uz portali eng obod masjid, topgan ikkinchi masjid - Qo‘qondagi "Degrezlik" jome masjididir.

"Degrezlik" so‘zi ma‘nosi - chuyan quyuvchilar, degani. "Degrezlik" jome masjidi Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan. 2011 yilda xashar yo‘li bilan qurib bitkazilgan. Masjidda 4 ming 500 kishi ibodatini emin-erkin bajarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Masjid shaharning 23-Mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan" deb yozdi Islom.uz portali.

Quyida ushbu masjiddan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin:

Eng obod masjid, topgan uchinchi masjid - Toshkent viloyatining Zangiota tuman Nazarbek qo‘rg‘onida joylashgan “Fath” jome‘ masjididir.

"Masjid mustaqillikning ilk yillarida mahalla ahlining sa‘y-harakati bilan hashar yo‘li orqali qurilgan. Masjidning birinchi g‘ishtini fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari qo‘yib berganlar. Masjid Nazarbek hududida birinchi qurilgan yangi masjid bo‘lgani uchun hayr-barakaga sabab bo‘lsin degan niyat bilan “Fath” deb nomlangan. Bir yarim yil davom etgan ta‘mirlash ishlari bu yilgi Ramazon oyining birinchi jumasida nihoyasiga yetib, namozxonlarga Ramazon tuhfasi bo‘ldi", deb yozdi Islom.uz portali.

XS
SM
MD
LG