Линклар

YeI Rossiya iqtisodini izdan chiqarishi mumkin sanktsiyalarga qo‘l urdi


YeI Rossiyani Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirish siësti uchun jazolashga qaror qildi.

YeI Rossiyani Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirish siësti uchun jazolashga qaror qildi.

Oylardan beri o‘z sharqiy qo‘shnisi Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni imkon qadar “normal” holda saqlab qolishga uringan YeI hukumatlari¸ diplomatik qadamlar samarasiz qolganidan so‘ng¸ Rossiya iqtisodining to‘rt muhim tarmog‘ini nishonga oluvchi sanktsiyalar qo‘llashga qaror qildi. Bu sanksiyalar¸ tahlilchilarga ko‘ra¸ Putinning jon-joyidan olishi mumkin.

EI ehtiyotkorlikdan harakatga o‘tdi

EI prezidenti Herman Van Rompey 29 iyul kuni kechqurun e‘lon qilgan rasmiy bayonotda aytilishicha¸ bunday sanktsiyalar davlatga qarashli Rossiya moliyaviy tizimlarining Yevropa kapital bozori bilan aloqasini cheklash¸ Rossiyaga qurol-yarog‘ sotishni taqiqlash va harbiy sohada ham ishlatilishi mumkin mahsulotlar eksportini to‘xtatishni nazarda tutadi.

EI sanktsiyalariga muvofiq shuningdek¸ neft sohasida ishlatiladigan yuqori texnologiyalarni Rossiyaga sotish ham cheklandi.

EIning yangi sanktsiyalariga bugun rasman imzo chekiladi va 31 iyul kuni ittifoq rasmiy nashrida e‘lon qilinishi bilan kuchga kiradi.

EI joriy qilayotgan keng ko‘lamli sanktsiyalar¸ prezident Putinga yaqin¸ uning shaxsiy moliyaviy manfaatlarini himoyalab kelgan rossiyalik yirik oligarxlarni ham o‘z ichiga oladi. Hozircha nomlari rasman e‘lon qilinmagan bu shaxslar ro‘yxatida¸ asli namanganlik milliarder Alisher Usmonov¸ shuningdek Chukotka sobiq gubernatori¸ hozirda Londonda o‘rinlashgan Roman Abramovichning ham borligi taxmin etilmoqda.

Bundan avval YeI Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi ortidan 87 nafar Rossiya va Ukraina fuqarosi¸ shuningdek 20 shirkatning ittifoq hududidagi kapitalini muzlatish va ularning bu hududga kirishini taqiqlagan edi.

EI mutasaddilari sanktsiyalar rejimining 12 oy amalda bo‘lishini aytmoqda. Ittifoq prezidenti Herman van Rompey¸ "Rossiyaning Ukrainaga nisbatan hatti-harakati qabul qilib bo‘lmas" ekanini ta‘kidlay turib¸ Moskva o‘z yondashuvini o‘zgartirsa¸ YeI bu qarorlarini bekor qilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Obama: Bu Sovuq urush emas!

EIning Rossiya iqtisodining asosiy tarmoqlariga qarshi qaratilgan sanktsiyalari bilan ketma-ket AQSh Moliya vazirligi ham Rossiyaga nisbatan yangi jazo choralari qo‘llashini e‘lon qildi.

Bu sanktsiyalarga muvofiq bundan keyin Moskva banki, VTB-Bank, Rosselxozbank hamda Sankt-Peterburg kemasozlik zavodiga bundan buyon AQSh tomonidan uzoq muddatli qarzlar berilmaydi.

EI va AQSh yangi sanktsiyalari e‘lon qilishi ortidan bayonot bergan AQSh prezidenti¸ Rossiyaga qarshi jazo choralarini qo‘llash ehtiyoji Moskva Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirish¸ xususan¸ sharqiy Ukrainadagi ayirmachilarni qurollantirishni to‘xtatmaganidan so‘ng yanada kuchayganini ta‘kidladi.

17 iyul kuni sharqiy Ukraina havo hududidan uchib o‘tayotgan Malayziya yo‘lovchi uchqichining aynan rossiyaparast ayirmachilar tomonidan Rossiya bergan zenit-raketa kompleksi tomonidan urib tushirilganiga oid dalillar kuchayib bormoqda. Ayni paytda Kreml G‘arb hukumatlarining Ukrainadagi vaziyatni siyosiy muzokaralar orqali hal etish taklifini inobatga olmadi¸ Ukraina bilan chegaradagi o‘z harbiy kuchlarini kuchaytirishni davom ettirmoqda.

“Bunday sanktsiyalar G‘arbning emas¸ Rossiyaning¸ xususan¸ Putinning o‘z tanlovi”¸ dedi prezident Obama jumladan.

“Bu sanktsiyalar jahonda yangi Sovuq urush boshlanganini anglatadimi?" degan savolga “Yo‘q” deb javob bergan Oq uy rahbari “ Bu Rossiyaning Ukraina o‘z yo‘lini o‘zi belgilashga haqli ekanini tan olishni istamagani ortidan tug‘ilgan alohida vaziyat”¸ deya ta‘kidladi.

G‘arb tahlilchilari ta‘kidicha¸ AQSh va YeI qo‘llagan yangi bosqich sanktsiyalar Rossiya iqtisodiy rivojining asos ustunlari – neft va gaz sektori¸ moliya va mudofaa tizimlariga zarba berishga qaratilgan.

“Aynan shu sohalar¸ Putinning Axilles tovoni¸ eng nozik joyidir”¸ degan fikrda G‘arb iqtisodchilari.

Rossiya byudjeti¸ qolaversa¸ Moskva korchalonlari boyligining asosini tashkil etuvchi neft va gaz sohasi¸ G‘arb shirkatlaridan olinadigan yuqori texnologiyaga asoslangan asbob-uskunlarga muhtoj va YeIning bu texnologiyalarni sotishni to‘xtatishi neft va gaz sohasiga jiddiy zarba berishi va iqtisodning boshqa sohalarini ham izdan chiqarishi mumkin.

Rossiya iqtisodi YeI jazo choralari kuchga kirmay turib ham katta yo‘qotishga uchramoqda. Kuni-kecha Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki Rossiyadagi loyihalarga mo‘ljallangan 23 milliard yevrolik sarmoyani bermaslikka qaror qildi.

Ayni paytda¸ Rossiyadan kapital chiqishi sur‘ati kuchayib bormoqda va bu ko‘rsatkich yil boshidan beri 100 millirad dollarni tashkil etgan.

Rossiya Markaziy banki qarab turmoqchi emas

EI va AQSh e‘lon qilgan yangi sanktsiyalar ortidan Rossiya Markaziy banki bu jazo choralariga nishon bo‘lgan banklar va moliya tizimlarini qo‘llab-quvvatlashi¸ ularning qulashi oldini olishini bildirdi.

“Bu tashkilotlarni qo‘llash¸ ular mijozlari¸ debitor va kreditorlari mannfaatlarini himoya qilish uchun tegishli choralar qo‘llanadi" degan bayonot berdi Rossiya Markaziy banki chorshanba kuni.

Hozircha "tegishli choralar"ning aynan qanday choralar bo‘lishi e‘lon qilinmadi.

XS
SM
MD
LG