Линклар

AQSh prezidenti Barak Obama o‘zbekistonlik hamkasbi Islom Karimovga Ramazon Hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Tabrik matni 30 iyul kuni O‘zA axborot agentligi veb-sahifasida e‘lon qilindi.

- Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi nomidan Ramazon hayiti munosabati bilan Sizga va O‘zbekiston xalqiga eng samimiy tabrik va tilaklarimni yo‘llayman, – deyiladi Obamaning Islom Karimovga yo‘llagan tabrigida.

- O‘tgan oy davomida butun dunyo musulmonlari e‘tiqodlariga tayangan holda hamda muhtojlarga yordam berib, oila a‘zolari va yor-do‘stlari bilan Ramazon udumlariga rioya qildilar. Ushbu oy Siz va Sizning yaqinlaringiz uchun ham yangilanish va poklanish ayyomi bo‘ldi, deb umid qilaman, – deyiladi AQSh prezidentining tabrik xatida.

- Kelgusi yil davomida Sizga tinchlik, sihat-salomatlik va farovonlik tilayman, – deya tabrik xatini yakunlaydi Barak Obama.

O‘zbekistonda Ramazon Hayiti 28 iyul kuni bayram sifatida nishonlandi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG