Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:41

O‘zbekiston O‘shga gaz bermay qo‘yganiga yuz kundan oshdi


Arzon ko‘mir mahallalarga qoplarda olib kelinmoqda.
Arzon ko‘mir mahallalarga qoplarda olib kelinmoqda.

O‘zbekiston O‘shga 115 kundan beri gaz bermayotgani ortidan qishda Qirg‘izistonga energetik inqiroz tahdid solmoqda. Inqirozning oldini olish maqsadida O‘shda aholiga arzon ko‘mir tarqatila boshlandi. Qirg‘iz rasmiylari esa O‘zbekistonning gaz bermay qo‘yganini siyosatga bog‘lab kelmoqdalar.

Shu yilning aprel oyidan boshlab O‘zbekiston Qirg‘izistonga gaz berishni to‘xtatgani sababli O‘sh shahar meriyasi aholini arzon narxdagi ko‘mir bilan ta‘minlash ishlarini boshladi. Bozorlarda ko‘mirning bir kilosi 5so‘m 50tiyin, ya‘ni 11 sentdan sotilayotgan bo‘lsa, meriya aholiga ko‘mirning kilosini 4 so‘m, ya‘ni 8 sentdan tarqatmoqda.

- Elektr energiyasiga cheklovlar joriy etilgani hamda gaz yo‘qligi sababli qish mavsumida energetik inqiroz yuzaga kelishi mumkin. Bu vaziyatdan foydalanib qolishni istagan odamlar ko‘mirning bir kilosini 5,5 so‘mga chiqarib yubordi. Biz ko‘mirning bozordagi narxini real darajaga tushurish uchun aholini arzon ko‘mir bilan ta‘minlash ishlarini boshladik, - dedi O‘sh shahar vitse meri Qutmanali Abduraxman o‘g‘li.

Arzon narxdagi ko‘mirni aholiga yetkazib berish ishlari O‘shda o‘tgan haftada boshlangan. Ko‘mir sifatidan shubhalangan fuqarolarga esa yoqib, tekshirib ko‘rishlari uchun bir necha kilo ko‘mir tekinga berilmoqda.

Qishdan chiqish chiqish uchun har bir xonadonga 3 tonnadan arzon ko‘mir yetkazib berilishi aytilmoqda. Shu bilan birga, kam ta‘minlangan oilalarga, nogironlarga s ijtimoiy himoya boshqarmasi tomonidan ko‘mir olish uchun mablag‘ ajratilmoqda.

- Biz hududiy kengashlarga topshirma berganmiz, kim ko‘mir olmoqchi bo‘lsa talabnoma bersa, shuning asosida ko‘mir ortib kelgan mashinalarni o‘sha manzillarga yuborayabmiz. O‘tgan haftadan buyon “Jol chiraq” ishxonasidan 250 tonna ko‘mir olib kelinib, tarqatildi. Yana bir yaxshi tomoni, ko‘mir kelgan vaqtda odamlarda pul bo‘lmay qolsa, ular ko‘mir pulini keyinroq to‘lashlari mumkin,– dedi O‘sh shahar meriyasining xo‘jalik ishlari va transport bo‘limi rahbari Urali Ramanov.

Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston gaz bermay qo‘ygan taqdirda O‘shni qish mavsumidan olib chiqish uchun 5 million dollar mablag‘ ajratdi. Mazkur mablag‘ to‘laligicha suyultilgan gaz balonlarini sotib olishga sarflanadi.

“24.kg” internet nashrining ma‘lum qilishicha, 31 iyul kuni Bishkek shahrida Energetika va sanoat vazirligida o‘tgan yig‘ilishda “Gazprom Qirg‘iziston” shirkati bosh direktori Turgunbek Kulmurzayev, so‘ngi ikki oy davomida hukumat aholini “O‘zbekistonning gaz bermay qo‘yishini siyosiy masala emas, iqtisodiy masala sifatida taqdim etib kelgani"ni aytgan.

Unga ko‘ra, “Qirg‘izgaz” aktivlarini to‘laligicha Rossiyaning “Gazprom”iga o‘tkazib bergan. Adliya vazirligida yangi kompaniya - “Gazprom Qirg‘iziston” ro‘yxatga olingan. Unga 1-sentyabrga qadar O‘shga gaz ta‘minotini qayta tiklash mas‘uliyati yuklatilgan.

“24.kg” internet nashri Turgunbek Kulmurzayevning nutqidan “Shartnoma imzolangach, ya‘ni 11-iyuldan boshlab “Gazprom” aholini uzliksiz gaz bilan ta‘minlashga mas‘ul bo‘lib qoldi. Biz ommaviy axborot vositalaridan gaz ta‘minotining to‘xtatilishi siyosiy masala ekanini yashirib, uni iqtisodiy muammolarga bog‘lab kelganmiz”,- deb deb iqtibos keltirgan.

XS
SM
MD
LG