Линклар

logo-print

"Mintaqadagi eng kuchli xo‘rozlar Samarqandniki"

  • Шерзод

O‘shlik Adaham Mingboyev zotdor xo‘rozlaridan birini parvarishlamoqda.

O‘shlik Adaham Mingboyev zotdor xo‘rozlaridan birini parvarishlamoqda.

Markaziy Osiyoda Samarqand va Toshkent xo‘rozlari eng kuchli deya baholanadi. Xar holda 50 yildan buyon xo‘roz urishtirish va zotdor jangari xo‘rozlarni yetishtirish bilan shug‘ullanib kelayotgan o‘shlik Adaxam Mingboyev shunday hisoblaydi. Janglarda g‘olib bo‘lgan xo‘rozlar esa 2000 dollarga sotilishi mumkin ekan.

"Sovet davrida O‘sh xo‘rozlari chempion edi, endi Samarqandniki"

Oltmish yoshli o‘shlik Adaham Mingboyev bolalik chog‘idan beri xo‘roz boqishga qiziqib keladi. Dindorlar orasida xo‘roz urishtirish qimor va gunoh ekani aytilasa-da, Adaham aka xo‘roz urishtirishni qadimdan qolgan an‘anaviy sport o‘ylinlaridan biri sifatida baholaydi.

Unga ko‘ra, hozirda Vyetnam, Koreya, Turkiya hamda Afg‘onistondan olib kelingan jangchi xo‘rozlari bilan mintaqada o‘tkazilayotgan xo‘roz janglarida Samarqand va Toshkent xo‘roz boqarlari Markaziy Osiyoda birinchilikni egallab kelmoqda.

Sobiq Sovet davrida O‘shning jangchi xo‘rozlari birinchilikni egallab kelgan bo‘lsa-da, hozir O‘shning zotdor xo‘rozlari janglarda Samarqand va Toshkent xo‘rozlariga boy bermoqda. Biroq o‘shlik xo‘rozbozlar ham yuqorida tilga olingan davlatlardan olib kelingan xo‘rozlar bilan O‘sh xo‘rozini chalishtirib “gibrid” zotlarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Shunday o‘shliklardan biri bo‘lgan Adaham akaning aytishicha, xo‘rozni jangchi qilib tayyorlash uchun ancha mashaqqat talab qilinadi.

"Xo‘rozni go‘sht va shashlik bilan boqamiz"

Qishning sovug‘ida xo‘rozni issiq uyiga olib kirib yotgan xo‘rozbozning aytishicha, xo‘rozga bir kunda 2 mahal ovqat beriladi.

- Birinchi pishgan go‘shtni yoki shashlikni berib, orqasidan makka, sabzi, guruch beriladi. Oxirida suv beriladi. Keyin xo‘rozlarning yuziga, qanoti tagiga suv sepib, quriganidan so‘ng katakka solinadi. Qish vaqtida uyni ichida boqamiz. Uyda ham suv sepganda sovuqqa olib chiqib bo‘lmaydi. Bu shamollab qolishi mumkin, odamdan ham nozik bo‘ladi. Ertalab soat oltida uyqudan uyg‘onamiz, o‘shanda makka, tuxum, suv berib turamiz, - deydi Adaham aka.

Unga ko‘ra, xo‘rozni jangga tayyorlash musobaqa o‘tkazilishidan 40 kun avval boshlanadi. Bu jarayon xo‘rozchilar tilida “sovutish” deyiladi.

- Xo‘rozni ikki oy boqqandan keyin sovutish boshlanadi. Sovutish degani xo‘rozni urishga tayyorlash degani. O‘sha vaqtda xo‘rozni yugurtirib, qo‘lda mashq qilib, xo‘rozlarni harakatlantirib, yugurtirib sovutasiz. Vaqti kelganda xo‘roz shu tarzda 2-3 oy boqilishi kerak. Negaki xo‘roz o‘zini jang qila oladigan yoshiga yetishi kerak. O‘sha vaqtdan keyin urishadi.

Ozodlik: Hozir qancha xo‘rozingiz bor?

- Men yettitagacha boqaman. Xo‘roz noyabr oyidan boshlab, iyul oyigacha urishadi. Iyuldan keyin noyabr oyigacha xo‘roz tulaydi. Issiqda xo‘roz o‘yinlari to‘xtaydi.

"Xo‘rozbozlar Qirg‘izistonda 20 ming, O‘shda esa 5 ming"

Adaham akaning aytishicha, Qirg‘izistonda jangchi xo‘rozlarni boquvchilar soni 20 mingdan ortadi. O‘sh shahrida esa 5 mingga yaqin xo‘rozboz bor. Ular hozirda xo‘rozlarni Filippin, Xitoy, Tailand, Vyetnamdan oldirib kelib boqishmoqda.

Suhbatdoshimizga ko‘ra, o‘shliklaring mahalliy dakan xo‘rozlari Tailanddan olib kelingan xo‘rozlardan ancha zaifroq. Tailanddan olib kelingan xo‘rozlar 4-5 soatgacha jang qilishi mumkin. Shu sababli o‘shliklar ham hozirda Tailand va Filippin zotli tovuqlari bilan O‘sh xo‘rozlarini chachishtirib “gibrid” xo‘roz yetishtirmoqda.

O‘shda bir xo‘roz jangida o‘rtacha 250 dollardan 1000 dollargacha pul tikiladi. G‘olib bo‘lgan xo‘roz esa 400 dollardan 2000 dolargacha sotilishi mumkin. Biroq suxbatdoshimiz o‘shliklar jangari xo‘rozlarni sotmasliklarini aytadi:

- O‘shliklar xo‘rozni sotishmaydi. Aksincha sotib olib kelishadi, chetdan. Masalan, 1-2 ming dollargacha sotib olib kelishadi. Bizda ham futbol komandasiga o‘xshab xo‘roz to‘plashadi, zot yig‘ishadi, - deydi Adaham Mingboyev.

Suhbatdoshimiz ko‘p yillardan beri Germaniyada o‘tuvchi xo‘roz janglarida ishtirok etish orzusini amalga oshirish harakatida yurgan ekan. Buning uchun u zotdor xo‘rozlarni izlamoqda. Qolaversa, suhbatdoshimiz xo‘rozlarni kasalliklarini davolovchi vosita sifatida baholaydi. U yoshlik chog‘ida oshqozon kasali bilan og‘riganini va shifokorlar maslahati bilan xo‘rozni tamosha qilib, ruhan kasalligini esdan chiqargani hamda sog‘yib ketganini aytdi.

XS
SM
MD
LG