Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 01:02

Test sinovlari: Telefon, shpargalka, "zaychik"lar ish berdi


1 avgust kuni O‘zbekiston oliygohlariga hujjat topshirgan yarim milliondan ortiq abituriyent nazoratchilarning qattiq tekshiruvidan o‘tib, ertalab soat 9 dan test sinovlarini yechishga kirishdi. Ozodlik joylardagi manbalari ko‘magida test sinovlarining qanday o‘tgani, bu jarayonda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni LIVE BLOG orqali ketma-ket yoritib boradi.

Test sinovlarining qanday o‘tgani haqida Ozodlikka hikoya qilmoqchi bo‘lgan abituriyentlar OzodSkype, OzodlikOnline Skype manzillari hamda Ozodlikning WhatsAppdagi +42 07 24 971 539 raqamiga sim qoqib¸ biz bilan bog‘lanishlari mumkin!

2 iyun kuni ham Ozodlik tinglovchilari va mushtariylari O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida bo‘lib o‘tgan test sinovlarining qanday o‘tganligi haqida xabarlar yubordi.

"Haqiqat achchiq bo‘ladi"

Ismi sir qolishini so‘ragan mushtariy Ozodlikning "Odnoklassnigi" sahifasida shunday xabar qoldirdi:

Barcha O'zbeklarga : Haqiqat achchiq bo'ladi ... Bizning Halqimizda Birlashish Halq manfati degan narsalardan ko'ra , tinch yuripmanku zato qornim toq, degan ibora ustunroq turadi ... Bizning Halqimizda Qo'rquv kuchliroq ... Kim Nima qilsa ham og'zini ochib ko'rmaganlikka olib ketaveradi ... Agarda Kuchli bir biriga ishongan bo'lganida Ruslar kirib bosib olmagan bo'lardi ...

Hozir esa Tog'ri hech kim Hozirgi hayotni yomon demoqchi emas ... lekin ammo hozir Qishloqtagi oddiy bir bola , yani choponnimi yoki bir qashshoqroq oilaning farzandi ertangi kunda o'qib oliy malumotli bo'lib hayotini o'zgartirishi uchun ,... Institutlarda faoliyat yuritayotkan Tagi past poraxor Dekanlarga 10-15 ming do'llar Miqtoridagi pulni qayerdan topib beradi ... Bu Haqiqat Faqat Tan olish qiyin Holos ... O'zi topshirib Ilmi bilimi bilan kirsa bo'ladi dersiz ...

Kecha 1 - avgust kuni o'zim guvohi bo'ldim imtihonlarda qanday ishlar o'yinlar amalga oshirilganini ... HAQIQAT UMUMAN YOOQ ... NOL< disayam Bo'ladi ... Hozir Byujetlarga umuman yaqinlashib bo'midi ... Hokimni o'g'li jiyani yana qaysidur bo'q qorinni bolasi nevarasi ... shunaqa bo'p yotipti ... agar adashib kirib qomasa birorta bechorani bolasi ... oddiy halqqa faqat kontrakt eshiklari ochilgan ... bu nohaqlik emasmi ... Qani Ko'ramiz O'sha buyjetta o'qiyotkan dup kallala ertaga davlat idoralarida o'tirib nima hunar ko'rsatarkin ... hamma narsaniyam chegarasi bor ...

Halq G'azabi yomon ... Hurmatli To'q qorin Yuqori Tashkilot davlat Raxbarlari ... Sizlarga iltimosnoma Yaxshilab o'ylab ish ko'rila ... ertaga Bu dunyodan o'tsela 2 metrli laxatta yotasila ... Tak chto bu ogohlantirish ... Hamma narsaniyam Chegarasi bo'ladi ... G'azab Kuchi ila Xorlangan Halq Nomidan yozdim ..." deb yozdi test imtihonlarining adolatsizligidan norozi bo‘lgan o‘zbekistonlik. (Xabar tahrir qilinmagan holda taqdim qilinayapti)

"Abituriyentlar ijodiy imtihon baholaridan norozi"

O‘zbekiston Davlat san‘at va madaniyat institutiga imtihon topshirgan yoshlar ijodiy imtihonlarga qo‘yilgan past baholardan norozi ekanliklarini yozdilar:

"Salom xurmatli - Ozodlik. 1- avgust kuni Uzb oliy ukuv yurtlariga kirish uchun bulib utgan test sinovlari xakida yozsam. Bu yili 3 - marta Uzb Davlat sanati va ma daniyati institutiga xujjat topshirdim. Yeng avvalo test oldidan oliygox oladigan 2 boskichli ijodiy imtixon xakida aytib utsam. Ijodiy imtixondan "u'z itedodi" bilan ( ALBATTA ) yeng yukori ( ya ni 75 ) ballni kulga kiritgan uta istedodli 9 - 10 nafar ukuvchidan TAShKARI xamma abituriyentlar kattik NOROZI. Ularning suzlariga karaganda ijodiy imtixon olayotgan uktuvchilar kuzida yoshi bilan abituriyent mustakil tayyorab kelgan monologlarni tinglab utirishgan va xattoki usha xakamlar uz uyali aloka vositalariga ukuvchilarni tasvirga xam olishgan. Ammo abituriyent baxoni bilishga kelganda jadvaldan osilgan "2" ballni kurib yiglab yuborgan. Chunki maksimall ball 75 ball bulib, 1 ball olgan talaba test imtixonlariga uta olmaydi, 2 ball fakat test sinovlariga kirishi uchngina kuyilgan baxo", deb xabar berdi imtihon topshirgan yoshlardan biri. (Xabar tahrir qilinmagan holda taqdim qilinayapti)

"Poraxo‘riston bo‘lib ketdi"

Toshkent Avtomobil yo‘llari institutida bo‘lib o‘tgan test sinovlarida qatnashgan abituriyent, test sinovlari adolatsiz bo‘lib o‘tgan haqida yozdi:

"Salom men sizlarga test sinovi haqida yozmoqchi edim:Toshkent avtomobil yollari instituti marketing fakultetiga topwirdim.bizning imtixon institut binosi tawqarisida 110 maktabda boldi.bir soz bilan aytganda rasvo boldi kim xoxlagan narsasini obkirib iwlatdi eplagan parovoziyam kirgizdi.juda konglim qob ketdi.bow binodan tawqarida bogangami tekwiruv aytarli bomadi.bir soz bn aytganda yawasin PORAXORISTON e uzr O'ZBEKISTON", deb yozdi abituriyent. (Xabar tahrir qilinmagan holda taqdim qilinayapti)

"Imtihon xonalariga shpargalkalar oldindan yashirib qo‘yildi"

Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida test sinovlarini topshirgan abituriyent nazoart qattiq bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik shpargalgakalardan ustalik bilan foydalangani haqida yozdi:

"Salom Ozodlik Radiosi! Xorazmda test imtixonlari ga kattik tekshirib kirgazishdi.Lekin TOShKENT AXBOROT TEXNALOGIYaLARI URGANCh FILIALI ga kirish uchun kelgan abituriyentlar xiylani bopladi.Kurib xayron koldim xuddi izkuvar agentdeka oldindan test utadigan xonaga shpagarka yashirib kuyilgan yekan Men Milliy Xafsizlik xodimlaridan ozrok xafaman kanakadir lazer li narsada tekshirib kirgazdiyu bino ichkarisini nazorat kilishmadi.uz kuzim bilan kurdim shunday shiftdagi mayda teshikga, stulning pastki kismidagi turtburchak joyga, ayrimining yesa kamar orasiga uzun kilib kirkilgan kogozdagi shpargalkalarni paykashmadiya", deb yozdi xorazmlik abituriyent. (Xabar tahrir qilinmagan holda taqdim qilinayapti)

“Abituriyent o‘rniga boshqa bola kirdi”

Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Nukus filialiga hujjat topshirgan abituriyent, test sinovlari paytida o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan adolatsizliklar haqida yozdi:

E men yurgan ekaman uz bilmim bilan kiraman o'qishga bilsam boshqa bolani ko'pchiligi shpargalka yana telefon e xatto boshqa birov keganiyam bor ekan.Bugun imtihonga kirishga navbat uzoq bo'ldi lekigin deyarli xamma kirdi bizani guruhdan bita bola kemay qoldi xalos.

Imtixonga kirmay 100 ga yaqin 50 dan ko'p qizlar va bollada shu narsa chiqdi endi imtihonga kirdik xechkimda shu narsala qomadi desam imtihon paytida bizani guruhdan 1 shpargalka 2 tasidan telefon va eng qiziq bogani 1 birovnig o'rniga boshqa bola kirgan ekan. Shundan keyin auditoriyada otirgan bollani xammasidan xujatlani ko'rib imzo qoydirib kordi.”

“MXXdan ham ko‘nglim qoldi”

Buxoro Davlat universitetida bo‘lib o‘tgan test sinovlarida qatnashgan abituriyentlardan biri imtihon jarayonini kuzatib turgan milliy xavfsizlik xodimlarining o‘zlari qonunbuzarlikka yo‘l ochib berganini aytadi:

“Salom. Men MXX xodimlaridan juda xafaman. Men BuxDu ga imtixondan o'tgani tayorlanim shpargalkasiz borgandi.

BuxDu da remont bo'lzyotgani uchun imtixon binolari maktablarga taraqatilgan edi. To'ri dzrvozadzn kirishda nazorat kuchli bo'ldi lekin hamma abiturent bir xil tekshirilmadi.

Ayrim abiturentlar 2 kun ilgari maktab binosi ichida telofon yashirganlar ham uchradi, qoyile. Imtixon tugashiga 20-30 minut vaqt qolganda nazoratchilar xuddi o'zini bolasidal tel olib kirganlarga imkoniyat yaratib berishdi.

MXX xodimlari esa auditoryaga atiga 2 marotaba bosh suqub ko'rishdi. Eexxxxx bu adolatsizliklar qachon barham topadi mamlakatimizda?”

Test sinovlari hiylasi: Tufliga sotka joylashtirish

Test sinovlari boshlanishi arafasida etikdo‘zlarning qo‘li-qo‘liga tegmadi. Bilimiga ishonmagan abituriyentlar joniga etikdo‘zlar ora kirgan.

Bu haqda xabar qilgan mobil muxbirlarimizga ko‘ra, etikdo‘zlar 5000 so‘mdan 8000 so‘mgacha haq evaziga abituriyentlarning tuflilari orasiga kichkina hajmdagi mobil telefonlarni joylashtirib berishgan.

Quyidagi suratlarda ushbu jarayon aks etgan:

"Quloqni ham qimirlatgani qo‘yishmadi"

Biroq, Ozodlikning "Odnoklassniki" guruhiga xabar qoldirgan Buxoro Davlat universitetining huquq fakul tetiga hujjat topshirgan abituriyent test sinovlari juda ham qattiq nazorat ostida o‘tgani haqida yozdi:

"Judayam Yaxshi, quloqni qimirlatishga ham imkoniyat bulmadi. Oqiganlar uchun yaxshi boldi. buni oziga yarasha sababi ham bor.

Bu yildan 2 yil davomida BuxDU universitetida qayta rekonstruksiya ishlari olib boriladi.

Wu sababli har bir fakultet maktab, kollej, akademik litseylarda biriktrilgan.500 kishiga bir gruppa militsionerlar bilan 1 guruh SNB briktrilgan.

Hammani ipidan ignasigacha tekshirishdi.hatto paypog'largacah yechishdi.qizlarni gapirmasam ham boladi", deb yozdi buxorolik abituriyent.

Fotogalereya: Samarqand o‘quv yurtlarida test sinovlari

Ozodlikning Samarqanddagi mobil muxbiri shahardagi oliygoh, litsey va kollejlarda bo‘layotgan test sinovlari jarayonini kuzatib, o‘zi guvohi bo‘lgan vaziyatlarni suratlarga muhrladi:

“Fotoapparatlar chaqillagani chaqillagan”

Qarshi Davlat Universitetida test imtihonlarini topshirib chiqqan abituriyent imtihon xonasida abiturentlar telefonlardan bemalol foydalangani haqida yozdi:

Mana, Özbekiston kelajagi. Bu yevro guruhga rus tilini bilmaydiganlarni qabul qilishganiga nima deysiz. Öqishga kirib ular qanday öqiydi?

Qarshi Davlat Universitetiga bugun imtihon topshirdim. Savollarni bilganlarimni yechdim bilmaganlarimni tavakkal.

Telefonli bolaga indamaydi. MXX xodimi kelganda ogohlantiradi. Fotoapparatlar charqillagani charqillagan. Öqituvchi bilan kelishib olsangiz bilgan özini fanini yechib beradi.

Lekin mendan bilimi past bolalar birov orqali öqishga kirsa juda alam qiladi. Yer yorilsayu kirib ketsang. Eh qanday zamonlarga qoldik. Bu davlat kasodga uchrayapti” (Xabar tahrir qilinmagan holda taqdim qilinayapti)

​"Shparkalka va telefonlar bemalol kirdi"

Toshkent avtomobil yo‘llari institutida bo‘lib o‘tgan test sinovlarida telefon va shparkalkalardan bemalol foydalanildi, dedi o‘zini Abbos deb tanishtirgan abituriyent.

Lekin to‘rt bolaning variant kitoblarini olib chiqib ketishganini ushlab olishdi. Hatto kuzatuvchi ham qanday olib chiqib ketishganini sezmay qoldi.Auditoriyada ham hamma bemalol telefondan va shpargalkalardan foydalanib ishlashdi.

Kuzatuvchi kelib qani seni variant kitobing desa, u bollar ham nagliy “olib chiqib ketishdi” dedi. Keyin u bolalarni haydab chiqarib yubordi. Lekin kuzatuvchilarning o‘zlari ba‘zi bolalarga testlarni yechishda yordam berganini ko‘rdim."

Andijonda abituriyentlar uch bosqichda tekshirildi

Andijon Davlat universitetining tarix fakul teti test sinovlarida

qabul komissiyasi a‘zosi bo‘lgan o‘qituvchining Ozodlikka aytishicha, abituriyentlar ichkariga telefon va shparkalgakalar olib kirolmagan:

- Nazorat juda kuchli bo‘ldi. Abituriyentlar uch bosqichda tekshirilgandan so‘ng imtihonga kirgizildi. Hatto qizlarning turmaklangan sochlari, o‘g‘il bolalarning poyafzallarigacha tekshirildi.

Qo‘lga tushganlar ichkariga ham kirgizilmadi. Imtihon yuz foiz adolatli bo‘ldi desak bo‘ladi, lo‘ttivozlik, tanish-bilishchilik, SNBbozlik bo‘lmadi, dedi qabul komissiyasi a‘zosi.

Qarshida "zaychik"lar ish berdi

Qarshi Davlat Universitetidagi test sinovlarini kuzatgan Ozodlik manbasining yozishicha, asosan "zaychik" usuli qo‘llanilgan:

"Bugun buyuk kun. Imtihon dahshat bo'ldi, milliy xavfsizlik bilan gaplashganlar chuv tushdi, foydasi bo'lmadi.

“Zaychik” qo'yganlar variant opchiqib ishladi. Biz bunkerda ishladik, savollar juda qiyin tushdi men ona tili adabiyotdan ishlab berdim 35 tasi aniq bilib belgiladim.

Qarshi davlat universiteti qaytnomasi Abitureyent Malumotlari filologiya fakultetiga kirish xarajaratlari. zaychik [quyon[ 300$. 1-blok ona tilini ishlab

berish 1000$ 2 blok tarix 700$ 3 blok 500$ umumiy summa 5000$.

Xorijiy filologiya fakulteti zaychik 400$ 1 blok ingliz tili 1200$, 2 blok ona tili, 1000$ 3 blok tarix. 500$ kirish summasi 6000$.

Tarix fakulteti 5000$, huquq 4000$, biologiya 4000$. Bu ma'lumotlar universitetdagi kriminal guruhlarga tegishli bo'lib hozirgi kundagi ma’lumotlardir", deya yozdi manbamiz.

"Xorazmda nazorat kuchli bo‘ldi"

Ozodlikning "Odnoklassniki"dagi guruhiga xabar jo‘natgan xorazmlik abituriyent tekshiruv qattiq bo‘lganini yozdi:

"Salom xorazmdanman URDU "URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI" da davlat

imtixoni juda kuchli nazoratda o'tkazildi. Birma bir tekshirishdi.

To'grisi tekshiruvni korgach qo'rqdim xar extimolga qarshi shpargalka mendayam bor edi lekin kirishdan oldin undan voz kechdim. Lekin sinfdosh qizim imtixonga aniq shpargalka olib kirishga erishdi manimcha...

Kecha korgandim ancha yo'g'on sirti oq ichi korinmaydigan ruchka ichida olib kirdi.Imtixondan keyin xali u b.n gaplashmadim manimcha uddaladi."(Xabar tahrir qilinmagan holda taqdim qilinayapti)

"Qo‘qonda bunaqasi hech bo‘lmagan"

Uch yildan buyon Qo‘qon Davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirolmayotgan abituriyent, bu yil test sinovlaridan o‘tishiga umid qilayotgani haqida yozdi:

"Salom Ozodlik Radiosi xodimlari bugungi imtixonlarni nazorati xar

Xonada xam nazorat kuchli buldi. MXX xodimlari 15 martadan kup kirishdi. Boshkalarni bilmadimu tarix fakultitetida shunday xolat buldi. MXX xodimlari bu yil deyarli xakkoniy turdi. Darvozadanok xamma joyni titib kirgizishdi kupchilik ugil bollarni tuflisini padojini orasidan kichik telefonlar chikdi. Binoga kirishdayam obdon tekshirishdi.

Eng kizigi xamma xonadan bir vaktda 12:20 da chikarildi. KDPI da imtixonlar xalol buldi." (Xabar tahrir qilinmagan holda taqdim qilinayapti)

Test uchun kichik sotka

Mobil muxbirlarimiz yo‘llagan xabarlarga ko‘ra, imtihon arafasi aksar abituriyentlar shparkalka tayyorlash bilan shug‘ullangan.

Ayrimlar test payti savollarining javobiga ko‘maklashish uchun kichik mobil telefonlar xarid qilishgan.

Toshkentda kichik mobil telefonlariga talab juda katta bo‘lganidan savdodagi barcha telefonlar sotib bo‘lingan.

Quyidagi suratda Toshkentdagi do‘konlardan biridagi abituriyentlarni kichik mobil telefon yo‘qligidan ogohlantirish e‘loni aks etgan:

"Tadbirkorlarning oshig‘i olchi bo‘layapti"

1 avgust abituriyentlar uchun sinov kuni bo‘lsa, tadbirkorlar bir-ikki so‘m ishlab olish harakatida.

Mobil muxbirimiz jo‘natgan suratli xabarda o‘quv yurtlari oldida avj olgan savdo- sotiq aks etgan.

​"1 avgust uddaburon tadbirkorlarga ham qo'l kelmoqda. Uquv yurtlari atrofida tashkil qilingan savdolar juda barakali kelmoqda!

Musqaymoq va yaxna ichimliklar qo'l qo'lga tegmay ucjib ketayapti", deya xabar yo‘lladi mobil muxbirimiz.

“Auditoriya kuzatuvchilarining o‘zlari “yordam” berdi”

Toshkentdagi Nizomiy pedagogika institutida test sinovlariga kirgan abituriyent "kelishilgan" abiturentlarning testlari ichkarida yechib berilgani haqida yozdi:

"Сегодня 1 августа 2014 года, как всем известно, День сдачи вступительных экзаменов в Государственные Университеты и Институты Узбекистана. Я, как и все абитуриенты, пришли на экзамен.

Вступительный экзамен я сдавала в Ташкентском Государственном Университете имени Низами. Я не могла представить, что все будет так ужасно и не организованно. Во первых, абитуриенты, пришедшие с личными вещами, должны были оставить их при входе в университет. Я одна из них. Личные вещи, будь это сумка, кошелек, телефон и прочие вещи, чтобы их оставить необходимо было заплатить 5.000 сум. Когда я спросила за что, мне ответили за хранение ваших вещей.

Позже я увидила гору на полу лежащих сумок и мою сумку также, как и все остальные сумки, бросили на пол (асфальт). Даже в пакеты эти сумки не клали, не говоря уже о специальных местах для хранение вещей, хотя за эту сумму, могли бы и предоставить хоть что то.

Абитуриенты захотели пить, и первые 9 человек, которые пили воду, они забрали с собой эти стаканы, а потом уже все остальные, желающие, пили с одного стакана. Это еще не известно кто чем болеет... да, все при поступлении сдавали мед. справку, но все прекрасно знают, как получают эти справки. На одного человека по 100 грамм воды, это еще повезло что было не так жарко...

Также еще при входе, все у кого была с собой питьевая вода, нас попросили ее оставить и сказали, что в аудитории всем дадут питьевую воду. Когда же я зашла в аудиторию, где сидело около 50-60 человек, на столе у руководителей аудитории стояло 10 одноразовых стаканов и 5 литровая баклашка воды.

Третья ситуация которая произошла на моих глазах, это как преподаватель математики, зашла в аудиторию с папкой, подошла к девушке и взяла у нее тестовое задание, как я поняла чтобы помочь решить их.

В этот момент одна из абитуриенток, увидившая происходящую ситуацию, начала предъявлять претензии этому преподавателю и руководителям (смотрящим) за аудиторией. Начала кричать, мол, смотрите что происходит, я буду жаловаться и т.п. Но преподаватель, будто не замечая ее, быстро взяла тестовые задания, положила себе в папку и вышла.

А руководители аудитории сделали вид, будто они ничего не заметили, ничего не произошло и как будто так и должно быть. Сказали лишь одно: "Жалуйтесь, это Ваше право!".

Всё это происходящее так меня расстроило, не смотря на то, что раньше я слышала подобное. Остается лишь глубоко вздохнуть и наверно уже принять и согласиться с тем, что поступать в университеты будут те, у кого есть деньги".

*****

Ozodlikning mobil muxbiri Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetidagi test sinovlari aks etgan suratlarni yo‘lladi:

Abituriyentlar soni o‘tgan yildagidan ancha oshdi

Joriy yilda O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun 543 mingdan ziyod abituriyent hujjat topshirdi. Bu esa mustaqillik yillari uchun rekord ko‘rsatkich ekani aytildi.

Bu yil O‘zbekistonda mamlakat prezidenti qarori bilan bakalavriat uchun 57 907 ta joy ajratilgan, undan 19 120 tasi davlat granti, 37 487 tasi esa shartnoma asosidagi joylardir.

Shuningdek, magistratura uchun ajratilgan 5000 ta joyning 1548 tasini davlat granti asosida, 3452 tasini esa shartnoma asosida taqsimlash ko‘zda tutilgan.

Bu yil esa oliygohlarda har bir o‘rin uchun da‘vogarlik qiluvchilar soni 9 kishidan (aniqrog‘i 9,36) oshadi.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:29:45 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG