Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:01

Britaniyalik muslima vazir Saida Varsiy G‘azoni quvvatlab iste‘fo bermoqchi


Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Hamdo‘stlik masalalari bo‘yicha davlat vaziri, baronessa Saida Varsiy.
Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Hamdo‘stlik masalalari bo‘yicha davlat vaziri, baronessa Saida Varsiy.

Britaniya Tashqi ishlar vazirligi mulozimi baronessa Saida Varsiy hukumatning G‘azo mintaqasi bobidagi siyosatini ortiq qo‘llay olmasligi bois vazifasini tark etishga qaror qildi. 5 avgust kuni Twitter mikroblogida xabar qoldirgan Varsiy xizmat vazifasini "chuqur afsus" bilan tark etajagini yozdi.

Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Hamdo‘stlik masalalari bo‘yicha davlat vaziri, baronessa Saida Varsiy hukumatning G‘azo mintaqasi bobidagi siyosati bois xizmat vazifasini tark etmoqchi.

Twitter mikroblogida 5 avgust kuni qoldirgan xabarida baronessa Varsiy hukumatning G‘azoga nisbatan siyosatini “ortiq quvvatlay olmasligini” bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda qoldirgan xabarida siyosatchi shuncha yil muvaffaqiyat bilan ishlagan xizmat lavozimini “chuqur afsus” bilan tark etayotganini bildirdi.

Twitterdagi sahifasida baronessa Varsiy: “Chuqur afsus bilan bugun tongda Bosh vazirga iste‘fo haqida ariza yozdim. Men hukumatning G‘azo bobidagi siyosatini ortiq qo‘llay olmayman”, deb yozdi.

Baronessa Varsiy 2010 yilda Buyuk Britaniya hukumatidagi ilk muslima vazir bo‘lgan. 2012 yilda u vazir o‘rinbosari qilib Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga o‘tkazilgan va ayni vaqtda Hamdo‘stlik masalalari bo‘yicha davlat vaziri lavozimini ham egallagan.

Britaniya hukumatidagi faol muslima siyosatchi sifatida tanilgan Varsiy Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston, Pokiston, Bangladesh, Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, inson huquqlari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari uchun mas‘uldir.

U O‘zbekiston-Britaniya o‘rtasidagi doimiy uchrashuvlar doirasida ham bir necha bor O‘zbekistonga safar qilgan va bu safarlar o‘zbek matbuotida keng yoritilgan.

Shu kunga qadar ham baronessa Varsiy ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida o‘z hukumati va xalqaro hamjamiyatni bu inqirozni to‘xtatishga faol chaqirib kelayotgan edi.

Jumladan, 21 iyul kuni u: "Begunoh insonlarning o‘ldirilishini to‘xtatish shart. G‘azoda zudlikda otashkesimga erishish kerak. Har ikki tomondan bu azobni to‘xtatish uchun faollik talab qilinadi", deb yozgan edi.

Uch kundan so‘ng esa: "Bu odamlar bolalar o‘ldirilishini turli sabablar oqlashni to‘xtatishga qodirmi. Siyosatlarimiz qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar bu harakatni oqlash mumkin emas...", deb yozdi.

Hamas jangchilarining Isroil hududiga raketalar otishini to‘xtatish vaji bilan Isroil armiyasi 8 iyulь kuni G‘azo mintaqasida keng ko‘lamli harbiy amaliyotlarni boshlagan.

Shu kunga qadar bu mintaqada o‘ldirilgan g‘azoliklar soni 1 ming 800 nafardan oshdi. Bularning asosiy qismi tinch aholi vakillari, 500 dan ortig‘i esa bolalardir.

Isroil tomonidan esa 68 kishi qurbon bo‘ldi, bularning 4 nafari tinch aholi vakillaridir.

Isroil armiyasi vakili Piter Lerner 5 avgust kuni mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 8da navbatdagi 72 soatlik otashkesim kuchga kirgani va tongda barcha isroillik askarlar G‘azoni tark etganini ma‘lum qildi.

XS
SM
MD
LG