Линклар

O‘zbekistonda toshkentliklarning telefon raqamlari va uy manzillarini Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan haker 1,5 yillik axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi.

Bu haqda, Ichki ishlar vazirligining "Postda" gazetasiga asoslanib, 12news.uz nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ismi Sergey Klimov ekani aytilayotgan haker "O‘zbektelekom" shirkati ma‘lumotlar bazasiga noqonuniy yo‘l bilan kirib, Toshkent shahar abonentlarining shaxsiy ma‘lumotlari bo‘lgan dasturni ko‘chirib olgan va Internetdagi tanishuv saytiga joylashtirgan.

Abonentlarning familiyalari, telefon raqamlari, uy manzillari va tashkilotlarning manzillari joy olgan ushbu dasturdagi axborot maxfiy hisoblanib, tarqatilishi ta‘qiqlangandir, deyiladi xabarda.

Toshkentda yuk tashuvchi bo‘lib ishlashi aytilgan Sergey Klimov qanday yo‘l bilan maxfiy ma‘lumotlarni ko‘chirib olganiga ochiqlik kiritilmagan.

Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Hamza tumani sudi Klimovga ish haqidan 15 foizi davlat foydasiga ushlab qolish sharti bilan 1,5 yillik axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlagan.

XS
SM
MD
LG