Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:16

Odessada Ani Lorak konsertiga qarshi namoyish o‘tkazildi


Odessada yuzlab odam ukrainalik xonanda Ani Lorakning konserti payti norozilik namoyishi o‘tkazdi.

Ukrainadagi “Ozodlik” va “O‘ng sektor” guruhi faollari Ani Lorak (asl ismi Karolina Kuyek)ni “Rossiya bilan yaqin ijodiy aloqa” qilayotganlikda ayblashmoqda.

Lorakning Qrimda konsert o‘tkazish rejasi esa ukrainalik faollar g‘azabini keltirgan.

Politsiya Ani Lorak konsertiga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan namoyishchilarni tarqatib yubordi, ayrimlarini hibsga oldi.

Ani Lorak 2008 yilda Yevrovideniye qo‘shiq tanlovida “Shady Lady” qo‘shig‘i bilan Ukraina nomidan qatnashgan edi.

U rossiyalik taniqli xonanda Filip Kirokorov bilan hamkorlikda ijod qilib keladi.

Yaqinda Kiyev hukumati Kremlning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlagan o‘nlab rossiyalik san‘atkorga viza taqiqi joriy etgan edi.

XS
SM
MD
LG