Линклар

Turkiyada yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida asosiy da‘vogar deb ko‘rilgan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on g‘alaba qozondi.

2003 yildan beri Turkiya Bosh vaziri bo‘lib kelgan Erdo‘g‘on prezident lavozimida yarashishning “yangi davri“ni boshlashga va‘da berdi.

10 avgust kuni o‘z g‘alabasini nishonlash uchun qilgan chiqishida Turkiya yangi prezidenti “bugun bir davrni yakunlab, yangi davr qadar ilk qadamlarni tashlamoqdamiz”, dedi.

- Yangi ijtimoiy yarashish jarayonini boshlab, eski bahslarni eski Turkiyada qoldiraylik, - dedi Erdo‘g‘on o‘z chiqishida.

Ayni damda deyarli barcha ovozlar sanalgani va 60 yoshli Rajab Toyyib Erdo‘g‘on qariyb 52 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongani xabar qilinmoqda.

Uning raqiblari 71 yoshli Akmaliddin Ihsono‘g‘li 38 foiz va 41 yoshli kurd siyosatchisi Salohiddin Demirtosh 10 foiz ozov yiqqan.

Mamlakat saylov komissiyasi rahbari prezidentlik saylovlarida Bosh vazir g‘alaba qozonganini e‘lon qilgan bo‘lsa-da, yakuniy natijalar rasman 11 avgust kuni ochiqlanadi.

Islomiy qarashdagi Adolat va Taraqqiyot partiyasidan chiqqan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2003 yildan beri Bosh vazir lavozimida ishlab kelgan.

Qayd etish joiz, Turkiyaning so‘nggi 90 yillik tarixida prezindent ilk bor xalq tomonidan saylanmoqda. Bungacha mamlakat prezidenti parlament a‘zolari tomonidan saylab kelingan.

XS
SM
MD
LG