Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:48

O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan LED-televizorlar ishlab chiqarmoqchi


Toshkentdagi “Zenith Electronics” qo‘shma korxonasi Janubiy Koreyaning “SAMSUNG Electronics” shirkati bilan sentyabr oyida LED-televizorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Mahalliy axborot agentliklari xabariga ko‘ra, dastlabki bosqichda televizorlar xorijdan keltirilgan qismlardan yig‘iladi.

2016 yilda televizor qismlarining 49 foizini “Zenith Electronics” hamda boshqa qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarish rejalangan.

Qiymati 2,9 million dollarlik mazkur loyiha doirasida joriy yil oxirigacha qariyb 10 ming dona LED-televizorlar ishlab chiqarish rejalangan.

Qo‘shma korxona 2017 yilda to‘liq quvvat bilan ishga tushganda, yiliga 75 ming dona LED-televizorlar ishlab chiqaradi.

"SAMSUNG Electronics" 2011 yilda "Zenith Electronics" qo‘shma korxonasida kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Korxonada yiliga 25 ming dona "SAMSUNG" kir yuvish mashinasi ishlab chiqarilmoqda.

"SAMSUNG Electronics" Qoraqalpog‘istondagi "Samsung Nukus" qo‘shma korxonasida "White Machine Technology" shirkati bilan elektron changyutgichlarni ham ishlab chiqarmoqda.

XS
SM
MD
LG