Линклар

2014 yilning yanvar-iyul oylarida Rossiyada "GM Uzbekistan" AQSh-O‘zbekiston qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga kamaydi.

Yevropa biznes uyushmasining avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi bergan ma‘lumotlarga ko‘ra, Rossiyada so‘nggi yetti oy ichida O‘zbekistonda yig‘ilgan 26860 dona avtomobil sotilgan.

AQSh-O‘zbekiston shirkatining yanvar-iyul oylaridagi Rossiya bozoridagi ulushi o‘tgan yilning shu davridagi 2 foizdan 1,9 foizga tushib ketgan.

Joriy yil yetti oyi natijasiga ko‘ra, "GM Uzbekistan" Rossiyada eng ko‘p avtomobil sotgan shirkatlar ichida 17 o‘rinni egallagan.

Korxona modellaridan hech qaysisi Rossiyada ushbu davr ichida eng ko‘p sotilgan avtomobillarning 25taligiga kirmagan.

XS
SM
MD
LG