Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:36

1979 yilgi "Paxtakor" fojiasiga 35 yil to‘ldi


Bugun, 2014 yilning 11 avgust kuni Toshkentning “Paxtakor” futbol jamoasi o‘yinchilarining aviahalokatga uchraganiga 35 yil to‘ldi.

1979 yil 11 avgust kuni Toshkent-Gurьev-Donetsk-Minsk yo‘nalishida parvoz qilayotgan Tu-134 rusumdagi uchqich Chelyabinskdan Kishinev shahriga uchib ketayotgan uchqich bilan Ukrainaning Dneprodzerjinsk viloyati osmonida to‘qnashib ketgan.

Samolyotlardan birida “Paxtakor” jamoasining 17 a‘zosi, jumladan, o‘yinchilar, murabbiy Igday Tazetdinov hamda jamoa ish yurituvchisi va vrachi bo‘lgan.

Fojiada paxtakorchilarning barchasi halok bo‘lgan. Oradan 35 yil o‘tganiga qaramay, qurbon bo‘lgan futbolchilar yaqinlari va “Paxtakor” jamoasi ishqibozlari bu sanani doim yod etib kelmoqda.

Har yili “Paxtakor-79” xotirasiga yosh futbolchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan "Xotira qanotlari" turnirida bu yili "Bunyodkor" klubi yoshlari g‘alaba qozondi. "Qaldirg‘ochlar" finalda turnir mezbonlarini 0:2 hisobida mag‘lub etdilar.

XS
SM
MD
LG