Линклар

logo-print

Toshkentda yozning so‘nggi oyi xiyla issiq keldi. Havo harorati ko‘tarilib ketgani bois odamlar o‘zini soya-salqinga urmoqda. Bunday jazirama kunlarda, hammasidan ham, cho‘milish havzalari jonga ora kiradi.

Toshkentdan 80 kilometr naridagi Chorvoq suv omborida ham mavsum avjida. Bu yerda erkagu ayol, yoshu qari dam oluvchilar, havaskoru professional g‘avvoslarni ko‘rish mumkin.

Pul bo‘lsa bas! Skuter, katamaran, kater, yana bir necha nomdagi suv ulovlari xizmatga shay.

O‘tgan asrning 70-yillari Chotqol va Ugom tog‘lari orasida ekin maydonlari uchun obi hayot g‘amlash va toshqinlarning oldini olish maqsadida Chorvoq suv ombori qurilgan edi.

Ushbu gidrotexnika inshooti bugun o‘ziga xos plyaj vazifasini ham bajarmoqda.

Quyida Chorvoq havzasida olingan ayrim suratlar bilan tanishasiz:

XS
SM
MD
LG