Линклар

logo-print

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedevning Tvitterdagi noma‘lum xakerlar buzgan rasmiy mikroblogi ular qoldirgan go‘yoki Medvedevning xabarlaridan tozalandi.

Rossiya prezidenti matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov bosh vazirning Tvitterdagi akkauntidagi xabarlar xakerlar ishi ekanini tasdiqladi.

MedvedevningTvitterdagi rasmiy mikroblogida payshanba, 14 avgust kuni ertalab “Iste‘foga ketyapman. Hukumat hatti-harakatlari uchun uyalayapman. Kechiring”, degan xabar paydo bo‘ldi.

Moskva vaqti bilan soat 10:13 da paydo bo‘lgan bu tvit ortidan ikki daqiqa o‘tib “Erkin fotograf bo‘laman. Buni anchadan buyon orzu qilib kelardim” yozuvlari paydo bo‘ldi.

Tvitterdagi yozuvlar paydo bo‘lishidan ko‘p o‘tmay “Interfaks” agentligi Rossiya hukumati matbuot markaziga tayanib, Bosh vazir Dmitriy Medvedev akkauntidagi so‘nggi xabarlar dezinformatsiya ekanligi to‘g‘risida xabar qildi.

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Internetdan faol foydalanadi. Tvitter dan tashqari VKontakte, Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlarida uning akkauntlari va YouTube xostingida videoblogi mavjud.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG