Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:06

Futbol: O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi


O‘zbekiston FIFA e‘lon qilgan milliy terma jamoalarning avgust oygi jahon reytingida bir pog‘ona yuqorilab, 51-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘tgan oyda ochkolari soni 5taga oshgan O‘zbekiston Osiyo davlatlari orasida hamon 3-o‘rinni egallab turibdi. Osiyo reytingida birinchi o‘rinni Yaponiya, ikkinchi o‘rinni esa Eron egallagan.

Jahon reytingining birinchi uchtaligida o‘zgarish yuz bermadi - birinchi o‘rinda amaldagi jahon chempioni Germaniya, ikkinchi o‘rindan Argentina, uchinchi o‘rinda esa Gollandiya.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda. Qo‘shni mamlakatlarga yana FIFA reytingining birinchi yuztaligiga kirish nasib etmadi – Tojikiston - 120, Qozog‘iston - 131, Turkmaniston - 137 va Qirg‘iziston 144-o‘rinda.

O‘zbekistonning FIFA reytingida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni egallagan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi. Reytingning to‘liq jadvali bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG