Линклар

Sport arbitraj sudi 14 avgust kuni urugvaylik futbolchi Luis Suaresga nisbatan joriy etilgan jazo choralarini o‘z kuchida qoldirdi.

Futbolchiga nisbatan qo‘llanilgan sanktsiyalar sud tarafidan uning qoidabuzarligiga mos deb topilgan.

Shunga qaramay, arbitraj sudi Suaresga yangi jamoasi – “Barselona” mashg‘ulotlarida ishtirok etishiga ruxsat berdi.

Eslatamiz, Urugvay milliy terma jamaosi a‘zosi Luis Suares Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chemponatida italiyalik raqibi Jorjo Kyellinining yelkasini tishlab olgani uchun to‘rt oyga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlatilgan edi.

Jorjo Kyellini Suarez tishlab olgan yelkasini hakamga ko'rsatmoqda.

Jorjo Kyellini Suarez tishlab olgan yelkasini hakamga ko'rsatmoqda.

Joriy yilning iyul oyida 27 yoshli Luis Surayes Angliyaning "Liverpul" futbol klubidan Ispaniyaning "Barselona" klubiga o‘tdi. Transfer narxi 75 million funtni (125 million AQSh dollari) tashkil etdi.

XS
SM
MD
LG