Линклар

Rossiyalik o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov 2013 yilda xayriya ishlariga 194 million dollar sarflab, bu borada rossiyalik tadbirkorlar ichida birinchi bo‘ldi.

Bloomberg agentligining xabar berishicha, 2013 yilda "Metalloinvest" va Mail.ru Group shirkatlari egasi Usmonov xayriya ishlariga oldingi yilga nisbatan qariyb 26 foizga ko‘proq mablag‘ ajratgan.

Eng sahovatpesha rossiyalik tadbirkorlar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasini “Pokoleniye” (Avlod) gumanitar jamg‘armasi yetakchisi va “Metalloinvest”ning yirik hissadorlaridan biri Andrey Skoch egalladi. Skoch 2013 yilda xayriya uchun 66 million dollar sarflagan.

Ushbu ro‘yxatning uchinchi o‘rniga o‘tgan yili xayriya uchun 62 million dollar ajratgan Sulaymon Kerimov qo‘yilgan. Kerimov Polyus Gold oltin ishlab chiqarish shirkati va “Anji” futbol klubiga egalik qiladi.

Forbs jurnali tarafidan bir necha bor Rossiyaning eng badavlat tadbirkori deb topilgan Alisher Usmonov 1953 yili Namangan viloyatining Chust shahrida tug‘ilgan.

Usmonovning mulklari ayni damda qariyb 19 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG