Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:55

O‘zbekneftmahsulot: "Shoxobchalarga keragidan ham ortiq benzin chiqarayapmiz"


O‘zbekistonda benzin taqchillashib, yoqilg‘i shoxobchalarida uzundan-uzoq navbatlar paydo bo‘lgan bir paytda "O‘zbekneftmahsulot" hissadorlik shirkati rasmiylari benzin taqchilligi yuzaga kelishida haydovchilarning o‘zlarini ayblamoqda.

Shirkatning ismi sir qolishini istagan rasmiylaridan biri Ozodlik bilan suhbatda yonilg‘i shoxobchalariga “keragidan ham ortiq benzin chiqarilayotgani”ni aytdi.

“Benzin yetarli chiqayapti. Lekin odamlar hozir "benzin narxi oshar ekan", deb vahimaga tushib qolayapti. Odamlar o‘zini o‘zi qo‘rqitib, o‘zini o‘zi aldab qo‘ymoqda. Benzin oshar ekan, deb kunlik talabdan bir yarim baravar ko‘proq olib qo‘yishyapti. Hamma bakini to‘ldirib olish ilinjida. Benzin har kuni keragidan ham ortiq chiqarilayapti. Faqat odamlar hozir "bayram oldi narx oshadi", deb gap-so‘z chiqarib yuborgan. Xalqni og‘ziga elak tutib bo‘lmaydiku, o‘zingiz bilasiz”, - dedi "O‘zbekneftmahsulot" hissadorlik shirkati rasmiysi.

Ayrim viloyatlarda benzin narxi qo‘lda 5000 so‘mgacha chiqib ketgani aytiladi. Davlat narxida benzin bor shoxobchalarda esa uzundan-uzoq navbatlar paydo bo‘lgan.

O‘zbekistonda yonilg‘ining birdan yo‘q bo‘lib qolishi va uzundan-uzun navbatlar paydo bo‘lishi faqat bugun bo‘layotgani yo‘q.

"O‘zbekneftmahsulot" hissadorlik shirkati rasmiysi bunga ayrim avtomobil yonilg‘isi quyish hususiy shoxobchalari egalari aybdor ekanini aytdi:

- Hozirgi kunda zapravkalar hususiy bo‘lib ketgan. Qo‘lda narx oshsa ular manfaatdor. Bir xil zapravkalar narx oshib qolishi mumkin, deb o‘zida benzini bo‘lsa ham sotmay ushlab turishi hollari ham ko‘p uchraydi. Kechadan boshlab biz sakkizta vazirlik bilan birgalikda barcha zapravkalarni tekshirishga kirishdik. Ular benzinni ushlab turmay, haridorga davlat belgilagan narxda sotishi shart. Yana bir bor aytaman, bizda davlat belgilagan narx bor va bu narx o‘zgargani yo‘q, yaqin orada oshmaydi ham.

Joriy yil boshidan O‘zbekistonda benzin narxi oshgan, natijada Ai-80 markali bir litr benzinning yangi narxi 1670 so‘m, Ai-91 1835 so‘m, Ai-95 esa 2020 so‘m qilib belgilab qo‘yilgan edi.

Quyida muammo manzarasi aks etgan bir necha materialimizning sarlavhalarinigina keltiramiz: "Benzin taqchilligi davom etmoqda", "O‘zbekistonda yoqilg‘i bo‘hroni davom etmoqda", "O‘zbekistonda yana yonilg‘i taqchilligi kuzatilmoqda".

XS
SM
MD
LG