Линклар

Navoiy-Uchquduq avtotrassasida yo‘lovchi avtobus yonib ketdi


23 iyunь kuni Toshkentda yonib ketgan Mersedes Benz rusumidagi avtobus.

23 iyunь kuni Toshkentda yonib ketgan Mersedes Benz rusumidagi avtobus.

Navoiy viloyatining Tandim tumanidagi Navoiy-Uchquduq avtomobil yo‘lida yo‘lovchi avtobus yonib ketdi.

Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiysi mayor Ulug‘bek Vafoyevga tayanib 12news.uz nashrining xabar qilishicha, yo‘lovchi avtobusi elektr simidagi qisqa tutashuv sababli yurib ketayotgan paytga yongan.

Xabarda avtobus qachon yonib ketgani, voqeada yo‘lovchilarga zarar yetgani yoki yetmagani ma‘lum qilinmagan.

Bu O‘zbekistonda yo‘lovchi avtobusning birinchi marta yonib ketgani voqeasi emas.

14 iyul kuni Toshkentda 148-yo‘nalishda qatnagan Mercedes Benz rusumli avtobusda yong‘in chiqqan.

Axborot agentliklari xabariga ko‘ra, o‘tgan yil boshidan beri O‘zbekistonda o‘nga yaqin avtobus, asosan, Mercedes Benz rusumidagi avtobuslarda yong‘in chiqqan.

XS
SM
MD
LG