Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:24

O‘zbekiston aholi soni o‘sishi bo‘yicha MDHda peshqadam


O‘zbekiston so‘nggi yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida aholisi eng tez o‘sib borayotgan mamlakatga aylandi. MDH Davlatlararo statistika qo‘mitasi tarqatgan ma‘lumotlar ana shunday xulosa chiqarishga asos beradi.

Qo‘mita ma‘lumotlariga ko‘ra, 2000 yildan 2013 yilgacha O‘zbekiston aholisi 5 million kishiga ko‘payib, 30 millionga yetgan.

Bu vaqt oralig‘ida qo‘shni Qozog‘iston aholisi 2 millionga ko‘payib, qariyb 17 millionga, Tojikiston aholisi 1 million 800 ming kishiga ko‘payib, qariyb 8 millionga yetgan, Qirg‘iziston aholisi esa qariyb 800 ming kishiga ko‘payib, 5 million 663 ming kishidan oshgan.

Ayni paytda so‘nggi 13 yil mobaynida Ukrainada aholi soni 3 million 700 mingga, Rossiyada 3,5 millionga, Belarusda 539 mingga, Armanistonda esa 200 ming kishiga kamaygan.

XS
SM
MD
LG