Линклар

Rossiya poytaxti Moskvadagi qonunbuzarliklarning eng ko‘pi (8,5 ming) o‘zbekistonliklar tomonidan sodir etilmoqda. Bu haqda “Rus yangiliklar xizmati” agentligiga Rossiya Federal migratsiya xizmati Moskva shahar boshqarmasining migratsion nazorat bo‘limi boshlig‘i Viktor Makarov bildirgan.

Rossiyalik rasmiyga ko‘ra, so‘nggi paytlarda qurilish ob‘ektlarida 10 ming, bozorlarda 6,5 ming, Uy-kommunal xo‘jaligi sohasida 1,5 ming qonunbuzarlik aniqlangan.

Makarovning aytishicha, Rossiyaga kirish besh yilga yopilgani bilan bog‘liq ravishda 3 mingdan ziyod chet ellik fuqaro mamlakat tashqarisiga chiqarib yuborilgan.

XS
SM
MD
LG