Линклар

Bokuga 18 avgust kuni yetib borgan futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi O'zarbayjonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan ilk mashg'ulotlarini o'tkazdi.

Avvalroq xabar berilganidek, bosh murabbiy Mirjalol Qosimov Bokudagi uchrashuvga 20 nafar futbolchini jalb etgan. Terma jamoaga chaqirilgan o'yinchilarning aksari yosh futbolchilardir.

O'rtoqlik o'yini 20 avgust kuni "Bakcell Arena" satadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

2015 yilgi Osiyo Kubogi final bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning sentabr, oktabr va dekabr oylarida ham bir nechta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

3 sentabr kuni Iordaniya, 8 sentabr kuni esa Yangi Zenlandiya jamoasi Toshkentda mehmon bo'ladi. 6 oktabrda esa Qosimov shogirdlari Dohada Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.

Oktabr oyida ham ikkita uchrashuv rejalashtirilgan - 10 oktabr kuni Bahraynga qarshi, 14 oktabr kuni esa BAAga qarshi. Mazkur ikki uchrashuv ham BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi.

Iroq terma jamoasiga qarshi 28 dekabrda o'tadigan o'rtoqlik uchrshuviga ham Dubay shahri mezbonlik qiladi.

XS
SM
MD
LG