Линклар

logo-print

Toshkentdagi ko‘p qavatli turar-joy binolaridan birining tomida 28-30 yoshlar atrofidagi erkak o‘zini otib tashladi. O‘z manbalariga tayanib bu haqda xabar qilgan Fergana.ru axborot agentligi marhum O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning tan soqchilaridan biri bo‘lgan snayper ekani haqida yozmoqda.

19 avgust kuni ertalab Toshkentning Mirobod tumanidagi Afrosiyob ko‘chasida joylagan ko‘pqavatli 13-uyning tomida 30 yoshlar atrofidagi erkak o‘zini otib tashladi.

Bu haqda o‘z manbalariga tayanib xabar qilayotgan Fergana.ru axborot agentligi hodisa tonggi soat 6 atrofida sodir bo‘lgani va o‘z joniga qasd qilgan shaxsning O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni qo‘riqlash xizmatidagi snayperlardan biri ekani haqida yozdi:

"19 avgust kuni tonggi soat 6-7 lar oralig‘ida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi binosiga qo‘shni ko‘pqavatli 13-uyning yuqori qavatida yashaydiganlar o‘q ovoziga o‘xshash g‘alati qarsillagan ovozdan uyg‘ondi... Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, binoning ikkinchi podyezdi tepasidagi tom qismidan o‘z boshiga otib, joniga qasd qilgan yoshgina yigitning jasadini olib tushishgan... O‘lgan shaxs prezidentni qo‘riqlash xizmatida ishlagan snayper-tan soqchi bo‘lib chiqdi (xalq orasida ularni "gitarachilar" deb atashadi)", deb yozdi Fergana.ru agentligi o‘z manbalariga tayanib.

Agentlik xabariga ko‘ra, marhum ko‘rinishidan "28-30 yoshlar atrofidagi yoshgina yigit" bo‘lgan va otilgan o‘qdan uning boshi majaqlanib ketgan.

Snayper ekani aytilayotgan va hozircha shaxsi noma‘lum qolayotgan marhum nima sababdan joniga qasd qilgani, tonggi soat 6 da ko‘pqavatli uy tomiga xizmat vazifasini bajarish maqsadida chiqqanmi yoki aynan joniga qasd qilish uchun chiqqanmi - bu borada biror ma‘lumot yo‘q.

Ozodlik bu xabarga aniqlik kiritish maqsadida Mirobod tumani va Toshkent shahri IIBga bog‘landi.

Mirobod tumani Ichki ishlar bo‘limi 19 avgust kuni Afrosiyob ko‘chasida bir erkak kishi o‘z joniga qasd qilganini tasdiqladi. Ammo marhumning shaxsi, xususan uning O‘zbekiston prezidenti tan soqchisi ekaniga ma‘lumotlar yuzasidan biror izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

Ozodlik voqea tafsilotlarini o‘rganishga urinmoqda.

Yangiliklarni Ozodlikda kuzating!

XS
SM
MD
LG