Линклар

Chodirxayolning “Tanish qo‘shiqlar” sahifasida 15 yil burun aytilgan "Sog‘inch" - xalq orasida esa “Marjon taqib qo‘yaman" nomi bilan tanilgan qo‘shiq tarixini o‘rganish asnosida "Surxon" guruhining bo‘linish hikoyasi o‘rtaga chiqdi. Guruh rahbari Ilhom Mamataliyevning aytishicha, Mahmud Nomozov xalq artisti unvonini olganidan keyin "Surxon" guruhidan ayrilib, yakkaxon tartibda faoliyat boshlashga qaror qilgan. Ot tark etgan aravaday qolgan guruh esa repertuar siyosatini o‘zgartirib, sahnada yashab qolishni uddalay olgan.

Inson umri poyonli, qo‘shiq umri poyonsiz...

Qo‘shiq qanday yaraladi? Qay sinoat bois qo‘shiq el og‘ziga tushadi? Nega eski ohanglardan ayrilgimiz kelmaydi, nega ularni doimo ichimizda xirgoyi qilamiz?

Chodirxayolning “Tanish qo‘shiqlar” deb nomlangan sahifasida bundan 15 yil burun aytilgan "Sog‘inch" qo‘shig‘i tarixini o‘rgandik.

Suhbatdoshimiz folьklor san‘atining taniqli vakili Mahmud Namozov el orasida “Marjon taqib qo‘yaman" nomi bilan mashhur bo‘lgan “Sog‘inch” qo‘shig‘ini 1999 yildan beri tinimsiz aytayotgani sababini ikki og‘iz gap bilan izhor qildi:

- Bilasizmi, bir xil ashulalar bo‘ladiki, yillar davomida pishib boradi. “Marjon taqib qo‘yaman“ qo‘shig‘i esa birdan mashhur bo‘ldi. Bu qo‘shiqni "Surxon" guruhidagi bastakor Ilhom Mamataliyev yaratgan. Qo‘shiq tarixini u kishi yaxshi biladi, - deya ta‘kidladi va kontsertga shoshgani bois suhbatning davomini keyinga qoldirdi.​

"Marjon taqib qo‘yaman" qo‘shig‘ini bastalagan bastakor, “Surxon” guruhi badiiy rahbari 44 yashar Ilxom Mamataliyev bilan suhbatlashdik:

- Bu qo‘shiqni 1998 yil televideniyedagi "Quvnoqlar va zukkolar" eshittirishi uchun bastalagan edim. O‘tkir Rahmat degan yozuvchining kitobidan olib, sal o‘zgartirib qo‘shiqqa soldim. 1999 yili bu qo‘shiqni Mahmud Namozovga berdim. Mashhur bo‘lishini oldindan bilgan holda bu qo‘shiqni Mahmud Namozov ijro qilishini istadim. Haqiqatan ham qo‘shiq el og‘ziga tushdi. To‘ylarda o‘n martalab ijro qilindi. Hatto, bir ayol Rossiya telekanalidagi “Pole chudes” dasturiga chiqib, bu qo‘shiqni kuyladi. O‘shanda bu qo‘shiq Islom Karimovni ham nazariga tushdi. Mahmud Nomozovga xalq artisti unvoni berildi. “Dev bilan pakana” filьmidan keyin bu qo‘shiq butun O‘zbekistonda mega-xitga aylandi. Dazmolni tiqsak ham “Marjon taqib qo‘yaman“ qo‘shig‘i yangraydigan bo‘ldi, - deydi suhbatdosh.

Suhbat asnosida “Marjon taqib qo‘yaman“ qo‘shig‘i tarixiga oid tafsilotlar bilan birgalikda “Surxon” guruhi nega bo‘lindi, degan savolga javob ham topildi.

Bu savolning javobi Ozodlikning Chodirxayol eshittirishida:

XS
SM
MD
LG