Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:56

Futbol: Ozarbayjon - O‘zbekiston 0:0


Bokuda futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Ozarbayjon milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi.

20 avgust kuni "Bakcell arena"da o‘tgan o‘yin davomida ikkala terma jamoada ham hisobni ochish uchun qulay imkoniyatlar bo‘ldi.

O‘zbekistonlik o‘yinchilar, xususan Sardor Rashidov, Fozil Musaev va Navro‘z Olimovlar yaratgan xavfli hujumlar har safar raqib himoyasi va darvozaboni tarafidan qaytarildi.

Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov Bokudagi uchrashuvga 20 nafar futbolchini jalb etdi. Terma jamoaga chaqirilgan o‘yinchilarning aksari O‘zbekiston Oliy ligasida to‘p surayotgan yosh futbolchilardir.

Qayd etish joiz, bungacha O‘zbekiston va Ozarbayjon terma jamoalari o‘zaro to‘qqiz marta bellashishgan. Olti uchrashuv o‘zbek futbolchilari g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa, uchta uchrashuvda ozar futbolchilarining qo‘li baland kelgan.

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvlarini 4 va 8 sentabr kunlari Iordaniya va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi Toshkentda o‘tkazadi.

XS
SM
MD
LG