Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:48

Gulnora Karimova "itdan battar ahvolda" ushlab turilayotganini aytmoqda


21 avgust kuni Bi-Bi-Si Jahon hizmatiga yo‘llagan audiomurojaatida 42-yoshli Karimova o‘zining 15 yoshli qizi Imon bilan olti oydan beri uy qamog‘ida qolayotganini bildirdi.

Bi-Bi-Si muxbiri Natalya Antelavaga yo‘llangan audiomurojaatda Gulnora Karimova ingliz tilida shunday deydi:

"Bizni uyda ushlab turishibdi. Uydan tashqariga qadam ham bosolmaymiz. Bizni itdan ham battar sharoitlarda ushlab turishibdi. Mening barmoqlarimni sindirmoqchi bo‘lishdi, ruhiy bosim o‘tkazishmoqda, uyimiz butkul ishg‘ol qilingan", - deb aytgan Karimova Bi-Bi-Si muxbiriga eksklyuziv ravishda yo‘llagan audiomurojaatida.

Shuningdek, Karimova o‘zining AQSh fuqarosi ekani ishoniladigan qizi Imon uy qamog‘i bois maktabga borolmayotganini ham aytadi.

“Biz hech kimdan tushunarli javob ololmayapmiz, bizni uyda qamoqdagi kabi saqlashmoqda. Nimaga mening qizim muloqot qilmasligi kerak, ahir har bir 15 yoshlik o‘quvchi maktabga borishi do‘stlari bilan muloqot qilishi kerak. Men hozir o‘zim haqimda gapirmayapman. Biz tibbiy yordamga muhtojmiz”, - deydi Karimova ingliz tilida yo‘llagan audiomurojaatida.

Audioyozuvdan tashqari Karimova xonim Bi-Bi-Siga videoyozuv ham jo‘natgan. Mobil telefoni vositasida suratga olingan videotasvirlarda Gulnora Karimova va uning farzandlari - Islom va Imonning, aftidan prezident otasi Islom Karimovning Do‘rmondagi qarorgohiga kirishga urinishlari aks etgan.

Qishda olingan tasvirlarda fuqaro va harbiy kiyimdagi shaxslar Gulnora Karimova hamda farzandlarini to‘xtatib qolishga urinayotgani aks etgan.

Avvalroq Gulnora Karimovaning Britaniyada tahsil olayotgan o‘g‘li Islom Karimov Rossiya kanallaridan biriga bergan suhbatida o‘zining tug‘ilgan kunida bobosini ziyorat qilishga uringanliklari, ammo bunga muvaffaq bo‘lolmaganliklarini aytgan edi.

- 22 dekabrь - mening tug‘ilgan kunim. 21 yildan buyon har tug‘ilgan kunimni bobom bilan nishonlab kelganmiz. So‘nggi bor 22 dekabr kuni Toshkentda bizni qandaydir buyruq borligini aytib, uni oldiga kiritishmadi. Buyruq kimdan ekanini aytishmadi, - degandi O‘zbekiston prezidentining nevarasi.

Gulnora Karimova o‘tgan yilning oktyabrь oyidan beri O‘zbekistonda siquvga olingan.

Hozirda O‘zbekiston prezidentining qizi Shveysariya va Shvetsiyada katta miqdorda pora olganlik va pul yuvganlikda gumon qilinmoqda.

Bundan tashqari Gulnora Karimova shaxsi bilan bog‘liq jinoyat ishlari Hollandiya, Frantsiya, Finlyandiya, Latviya va Qo‘shma Shtatlarda ham ochilgan.

XS
SM
MD
LG