Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:42

"Beldersoy": 2000 metr balandlikdan videoreportaj


Ozodlik bloggeri Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi "Beldersoy" sport bazasida bo‘lib, yozu qish gavjum bo‘ladigan bu maskanda dam olayotgan o‘zbekistonliklar kayfiyatini videotasmaga muhrladi, tassurotlarini qog‘ozga tushirdi.

Toshkentdan Beldersoygacha bir soatlik yo‘l. Shundanmi, Chimyon yonbag‘ridagi ushbu dam olish maskani yil-o‘n ikki oy gavjum.

Zumrad qish tog‘ yonbag‘riga oq choyshabini yozgan kezlarda chang‘i ishqibozlari, bahor va yozda esa tog‘ning musaffo va salqin havosiga ishtiyoqmandlar tanda qo‘yadi bu yerga.

Uzoq-yaqindan kelgan sayyohlar 2,4 kilometrlik arqon yo‘lga tushmay ketmaydi. Arqon yo‘l Chimyon tog‘ining 2095 metr balanddagi cho‘qqisiga olib chiqadi.

Kun ancha issiq bo‘lishiga qaramay, arqon yo‘lga tushaman degan mehmonlar talaygina. Chamasi bir soatdan keyin navbatimiz keldi: 10 ming so‘m to‘lab, arqon yo‘lda tog‘ osha tomoshaga otlandik.

Beldersoyga yo‘lingiz tushsa, siz ham tog‘ osha sayohatga chiqarsiz. Hozircha esa quyidagi muxtasar videolavhani tomosha qiling.

XS
SM
MD
LG