Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:43

"Bayram arafasida xavfsizlik o‘tgan yilgidan kuchaytirildi"


Mustaqillik maydonida bayram tadbiri
Mustaqillik maydonida bayram tadbiri

OzodMikrofonga Surxondaryo viloyatidan bog‘langan 25 yashar Faxriddin u yashaydigan Sariosiyo tumanida hokimiyat tomonidan Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab uyushtirilgan tadbir 24 avgust kuni bo‘lib o‘tgani va tadbir arafasida tuman markazida avtomobil hamda aholi harakati keskin cheklanganidan arz qildi.

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Mustaqillik bayrami munosabati bilan avtomobilь va aholi qatnovi cheklangani aytilmoqda.

OzodMikrofonga bog‘langan va o‘zini Faxriddin deb tanishtirgan tinglovchi bayram kontsertini tomosha qilish uchun qishloqlardan borganlarning ayrimlari yo‘lidan qaytarilgani haqida gapirdi.

- Bayram tuman markazidagi "To‘palang" stadionida bo‘ldi. Stadion tomonga postlar qurib, o‘tkazmadi. Shunga biz boramiz, deb niyat ham qilib o‘tirmadik. Shu o‘zimining rayonning qo‘shiqchilari kontsert beribdi. Keyin stadion yonida sayl bo‘lgan, kurashchilar, dorbozlar tomosha ko‘rsatgan, - dedi Faxriddin.

Uning aytishicha, bu yil tuman markazida bayram tadbiri oldidan ko‘rilgan xavfsizlik choralari o‘tgan yillardagidan kuchaygan.

"Бу йил Мустақиллик байрами арафасида хавфсизлик ўта кучайтирилди"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:59 0:00
Бевосита линк

Ayni paytda, Mustaqillik bayrami nishonlanadigan 1 sentyabrь sanasidan 11 kun oldin Toshkent va unga tutash qo‘shni Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ham xavfsizlik choralari kuchaytirilgani kuzatilmoqda.

Xususan, 20 avgustdan boshlab viloyatlardan avtobus va mikroavtobuslarda Toshkentga yo‘lovchilar tashish to‘xtatilgani ma‘lum.

Poytaxtga bo‘sh kelgan avtobuslar ortga Toshkentdan chiqarilayotgan viloyatlik mardikorlar bilan to‘la jo‘nab ketmoqda.

******************************************************************************
Muhtaram mushtariy, agar sizni ham tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz, bizga qo‘ng‘iroq qiling ëki Skypeda biz bilan muloqotga chiqing.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilaëtgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas‘ul emas!

XS
SM
MD
LG