Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 20:14

Eron Isroil dronini urib tushirganini da‘vo qilmoqda


Eron hukumati 2013 yilning qish oylarida AQSh dronini urib tushirganini iddao qilgan edi.
Eron hukumati 2013 yilning qish oylarida AQSh dronini urib tushirganini iddao qilgan edi.

Eron rasmiylari o‘z qurolli kuchlari 24 avgust kuni mamlakat havo hududini kesib o‘tgan va Natanzdagi yadroviy ob‘ekt yaqinidan uchib borayotgan Isroil dronini urib tushirganini iddao qildi.

Eronning Inqilob posbonlari gvardiyasi bayonotiga ko‘ra, “josus dron” Eron markazida joylashgan Natanzdagi uranni boyitish inshootiga yaqinlashishga uringan.

Eron rasmiylari buni Isroil tomonidan amalga oshirilgan “yangi avantyurizm” harakati ekanini aytganlar.

Isroil rasmiylari bu borada hozircha hech qanday izoh berganlari yo‘q.

Natanz uranni boyitish bo‘yicha Eronning eng muhim joyi bo‘lib hisoblanadi. Uranni yuqori darajada boyitishda qo‘llaniladigan mamlakatdagi mavjud tsentrifugalarning asosiy qismi Natanzdagi ob‘ektga o‘rnatilgan.

XS
SM
MD
LG