Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:14

Suriyada o‘g‘irlangan amerikalik jurnalist ozod etildi


Jon Kerri amerikalik jurnalistni ozod qilish uchun 20 ga yaqin mamlakat bilan hamkorlikda ish olib borilganini aytdi.
Jon Kerri amerikalik jurnalistni ozod qilish uchun 20 ga yaqin mamlakat bilan hamkorlikda ish olib borilganini aytdi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Suriyada o‘g‘irlangan amerikalik jurnalist Piter Teo Kertis ozod qilinganini tasdiqladi. Uning aytishicha, Teo Kertisni Suriya prezidenti Bashar Assadga hukumatiga qarshi kurashayotgan Al-Qoidaga aloqador guruh topshirgan.

AQSh Davlat kotibi jurnalistning ozod qilinishiga muvaffaq bo‘lish uchun yigirmaga yaqin mamlakat rasmiylari bilan hamkorlikda ish olib borilganini ma‘lum qildi.

BMT ma‘lumotiga ko‘ra, Teo Kertis Golan tepaligidagi BMT tinchlikparvar kuchlariga topshirilgan.

Amerikalik jurnalist 2012 yili Turkiya-Suriya chegarasiga yaqin joyda o‘g‘irlab ketilgandi.

Piter Teo Kertis IShID janggarilari amerikalik jurnalist Jeyms Folini qatl etganiga oid video Internetda tarqalganidan bir necha kun o‘tib ozod qilindi.

Buyuk Britaniyaning AQShdagi elchisi Piter Vestmakott o‘z davlati rasmiylari Folining qotili shaxsini aniqlash uchun kishining ovozidan tanib olish bo‘yicha eng yangi texnologiyalarni qo‘llayotganini bildirdi. Uning aytishicha, jurnalistning qotili londoncha talaffuz bilan gapirgan.

XS
SM
MD
LG