Линклар

Kiyev qo‘shinlari Ukrainaga Rossiyadan bostirib kirgan harbiy mashinalarni to‘xtatib qoldi


O‘tgan hafta Rossiya Kiyev hukumati yoki Qizil Xoch qo‘mitasi roziligisiz gumanitar yordam karvonini yuborib, G‘arb tanqidiga uchradi.

O‘tgan hafta Rossiya Kiyev hukumati yoki Qizil Xoch qo‘mitasi roziligisiz gumanitar yordam karvonini yuborib, G‘arb tanqidiga uchradi.

Kiyev rasmiylari Rossiya hududidan zirhli mashinalar Ukraina chegarasini buzib o‘tganini aytmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, mamlakat chegarasini buzib o‘tgan o‘nlab harbiy mashinalar ukraina chegarachilari tomonidan to‘xtatib qolingan. Ayni paytda, dushanba kuni Moskva Ukrainaga gummanitar yuk ortilgan ikkinchi karvonni yuborish niyatini e‘lon qildi. Bo‘hronning keskinlashuvi Rossiya va Ukraina prezidentlarining uchrashuvi arafasida ro‘y bermoqda.

Ukraina hukumati o‘z chegarachilari mamlakat hududiga Rossiyadan o‘tgan “o‘nlab” zirhli mashinalarga hujum qilganini bildirdi. Kiyev rasmiylariga ko‘ra, harbiy mashinalar Azov dengizi yaiqinidagi chegarani buzib o‘tgan.

Ukraina xavfsizlik xizmati matbuot vakili Leonid Matyuxin “o‘nlab tanklar va zirhli mashinalardan iborat kolonna” 25 avgust kuni Mariupol shahri yaqinida chegarani buzib o‘tganini bildirdi.

“Konvoy chegarachilar tarafidan to‘xtatildi. Jang davom etmoqda”, dedi Matyuxin. Rasmiy boshqa tafsilotlarni ochiqlamadi.

Xabarlarga ko‘ra, janglar Rossiya chegarasidan 10 kilomter beriroqda, Azov dengizi bo‘yidagi Novoazovsk shaharchasi yaqinida ro‘y bermoqda.

Ukraina hukumati tarafidagi Azov jangchilari guruhi qo‘mondoni Semyon Semenchenko o‘zining Facebook sahifasida harbiy mashinalar kolonnasi Novoazovsk shahri tomon yura boshlagan paytda, chegara ortidan artilleriya hujumi uyushtirilganini bildirdi.

Uning yana bildirishicha, 50ka yaqin zirhli mashina chegarani kesib o‘tgan va ularning 40qa yaqini Mariupolь shahriga qarab yura boshlagan.

“Rus bosqinchilari istilosi ro‘y bermoqda”, deya yozdi u.

Agentliklar Ukraina mudofaa vazirligi rasmiysining “Donetsk jangarilari kiyimini kiyib olgan Rossiya qo‘shinlari” Ukraina sharqida yangi front ochdi, degan so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Novoazovsk va Mariupol shaharlarini bog‘lovchi asosiy magistralь yo‘li Ukraina qo‘shinlari nazoratida qolmoqda.

Hozirgacha Ukraina sharqidagi janglar asosan Donetsk va Lugansk shaharlarida ro‘y berayotgan edi. Rossiyaparast ayirmachilar nazoratida qolayotgan bu shaharlar Mariupolьdan shimolroqda joylashgan.

Vaziyatning keskinlashuvi Minskda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko o‘rtasida bo‘hron yuzasidan o‘tkazilishi kutilayotgan uchrashuv oldidan ro‘y bermoqda. Muzokaralarda Yevropa Komissiyasi vakillari ham qatnashadi.

Ayni paytda, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva Ukrainaga ikkinchi gumanitar yordam konvoyini yuborishni rejalashtirayotganini bayon qildi.

25 avgust kungi matbuot anjumanida Lavrov Rossiya bu haqda Ukrainani xabardor qilgani va Kiyev tomonidan hamkorlik ko‘rsatilishiga umid qilayotganini bildirdi.

- Biz Ukraina Tashqi ishlar vazirligini yana bitta gumanitar konvoyni yuborish niyatimiz borligi haqida xabador qilib, kecha rasmiy bildirishnoma yubordik. Jo‘natishga tayyorlanayotgan buyumlar va ularning hajmiga doir batafsil ro‘yxatni topshirdik,- dedi Lavrov.

O‘tgan hafta Rossiya Kiyev hukumati yoki Qizil Xoch qo‘mitasi roziligisiz Ukrainaga yirik gumanitar yordam karvonini yuborgani uchun G‘arb tanqidiga uchradi. Lavrov navbatdagi gumanitar yordamni mamlkatga kiritish masalasi tezroq hal etilishiga umid qilishini bildirdi.

Matbuot anjumanida Lavrov shuningdek, yakshanba kuni Donetskda rossiyaparast ayirmachilar, asir olingan ukrain harbiylarini sazoyi qilganida tahqir alomatlarini ko‘rmaganini ham ta‘kidladi.

- Men bu parad tasvirlarini ko‘rdim va ularda tahqir, deb tasniflanishga loyiq bo‘lgan hech narsani ko‘rmadim,- dedi Rossiya diplomati.

Donetskda 24 avgust kuni ro‘y bergan hodisani kuzatgan muxbirlarga ko‘ra, shahar ko‘chalaridan “parad” qilib olib o‘tilgan asirlarga omma “Fashitstlar!” deya baqirib, axlat va bo‘sh shishalarni otishgan. Sazoyi qilingan asirlar esa boshlarini ham qilib o‘tib borishgan. Asir harbiylar soqollari olinmagan va sochlari to‘zigan holatda bo‘lgan.

Ayirmachilar asir olgan ukrain harbiylarining tahqirlangani Jeneva Konventsiyasining buzilishi, deya xalqaro tashkilotlar tarafidan qoralanmoqda.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot vakili Martin Shafer, 25 avgust kuni e‘lon qilgan bayonotida mazkur hodisani “urush jinoyati”, deya qoraladi.

Lavrov “urush asirlarining tahqirlanishiga doir ish bilan huquqshunoslar shug‘ullangani ma‘qul”, deya qo‘shimcha qildi.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainadagi qurolli mojaro oqibatida ikki mingdan oshiq odam halok bo‘lgan, 340 mingga yaqin aholi o‘z joylarini tashlab ketishga majbur etilgan.

XS
SM
MD
LG