Линклар

logo-print

OzodBozor: Toshkent bozorlarida maktab anjomlari savdosi avjida


Toshkentning Eski Jo‘va bozoridagi maktab anjomlari sotilayotgan rastalardan biri.

Toshkentning Eski Jo‘va bozoridagi maktab anjomlari sotilayotgan rastalardan biri.

O‘quv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qolganida Toshkentdagi barcha bozorlarda maktab anjomlari sotiladigan savdo rastalari joriy qilindi.

Eski Jo‘va bozori hududida joriy qilingan maxsus rastalarda savdo avjida. Sotuvchi Nazokatxonning aytishicha, shu kunlarda havo harorati keskin ko‘tarilib ketganiga qaramasdan, bozorga kelayotgan odamlarning keti uzilmayapti.

- Kunlar isib ketgan, ammo odamlar baribir kelishyapti. Darslar boshlanishiga ozgina qolgan-ku, shunga ota-onalar farzandlariga kerakli narsalarni olishga shoshilishyapti. Hamma narsalardan olishyapti – daftardan tortib chizg‘ichgacha. Savdo yaxshi, ko‘z tegmasin, - deydi rasta sotuvchisi Nazokatxon.

Piyoz narxi ancha pasaydi

Piyoz sotuvchisi Xolmurodjonga ko‘ra, Hayit bayramidan keyingi qimmatchilik ancha qaytgan.

- Piyozlar bayramdan keyin 2 000-2 500 so‘mga ko‘tarilib ketgan edi. Rossiyagayam sotishdi rosa, menimcha. Hozir narxlar tushdi, 1 kilosi 1 200 – 1 300 so‘m. Kimdir so‘rab ketadi, boshqalar esa olishyapti, - dedi sotuvchi.

Bodring tortilgan, pomidor arzon

Bodring kamayishiga, sotuvchilarning aytishlaricha, mavsum yakunlanayotgani va eksport hajmi ortgani sabab bo‘lgan. Keyingi kunlarda uning narxi oshishi mumkin, degan taxminlar aytilmoqda. Issiq kunlarda sifatini tez yo‘qltayotgan pomidor esa arzonladi. Shu kunda uning kilogrammiga ming so‘mdan sotilmoqda.

Go‘sht hamon qimmat

Xaridorlar zorlanishicha, go‘sht narxi tushishidan darak yo‘q.

- Issiq kunlarda go‘shtli ovqat uncha yeyilmaydi, sezonimas. Shunga qaramasdan, go‘shtning narxi yo ko‘tariladi, yo turg‘un holatda qoladi. Menimcha, chet davlatlar bilan bir xil bo‘lib qoldi, 10 dollar atrofida-ya kilosi. Narx tushishi oxirgi vaqtlarda umuman kuzatilmayapti, - deydi xaridor Tursunboy ota taassuf bilan.

Sohadan xabardor kishilarning aytishlaricha, Qashqadaryo va Qirg‘izistondan kelayotgan qoramol soni o‘zgarishsiz qolmoqda. Boshqa davlatlardan keltirilayotgan go‘sht hajmi esa juda oz.

Eski Jo‘va bozori

Oziq-ovqat:

Mol go‘shti - 1 kg (lahm) 29 500 – 30 000 so‘m
Mol go‘shti - 1 kg (suyakli) 26 500 – 27 000 so‘m
Qo‘y go‘shti - 1 kg 26 000 – 28 000 so‘m
Kartoshka - 1 kg 1 500 – 1 600 so‘m
Sabzi - 1 kg 1 000 – 1 100 so‘m
Piyoz - 1 kg 1 200 – 1 300 so‘m
Bodring - 1 kg 1 500 – 1 600 so‘m
Pomidor - 1 kg 1 000 – 1 100 so‘m
O‘simlik yog‘i - 1 l (Zolotaya semechka) 5 000 – 5 500 so‘m
Un - 1 kg (Oltin Don) 2 500 so‘m
Guruch - 1 kg 4 000 so‘mdan 6 500 so‘mgacha
Shakar - 1 kg 2 800 – 3 000 so‘m
Osh tuzi – 1 kg 1 000 – 1 200 so‘m

Maktab anjomlari:

Daftar - 1 dona (12 varaq) 175 so‘m
Daftar - 1 dona (40 varaq) 750 so‘m
Kundalik - 1 dona 3 000 – 3 500 so‘m
Ruchka - 1 dona 500 – 1 500 so‘m
Qalam - 1 dona 800 so‘m
Chizg‘ich - 1 dona 500 – 1 000 so‘m
Portfelь - 1 dona 25 000 so‘mdan 55 000 so‘mgacha
Rangli flomaster - 1 quti 8 000 – 8 500 so‘m

XS
SM
MD
LG