Линклар

logo-print

O‘zbekistonlik kurashchi Bahrom Ilhomov Nankinda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ikkinchi yozgi olimpiada o‘yinlari chempioniga aylandi.

Yunon-rum kurashining 50 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Ilhomov 25 avgust kuni o‘tgan final bellashuvida ozarbayjonlik Jabbor Najafovni mag‘lub etdi.

Shunday qilib, Nankindagi O‘zbekiston jamoasi hisobidagi oltin medallar soni uchtaga yetdi. Bundan tashqaro o‘zbekistonlik sportchilar hisobida ikkita kumush va uchta bronza ham bor.

25 avgust kuni O‘zbekiston jamoasidagi medallar soni yana bittaga ko‘payishi mumkin edi, biroq 75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bronza medali uchun jang olib borgan o‘zbekistonlik bokschi Kozimbek Mardonov imkoniyatni boy berdi.

Xitoyning Nankin shahrida 16 avgustdan 28 avgustgacha davom etadigan o‘smirlar o‘rtasidagi ikkinchi yozgi olimpiadada O‘zbekistondan jami 28 nafar sportchi qatnashmoqda.

XS
SM
MD
LG