Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:51

Qirg‘iz-tojik chegarasida yana otishma ro‘y berdi


Qirg‘iz-tojik chegarasida ro‘y bergan otishmada to‘rt nafar tojikistonlik jarohat oldi.

Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati ma‘lumotida aytilishicha, 25 agvust kuni kechki payt Botken viloyatida tojik chegarachilari chegara aniqlanmagan hududda 800-900 metr ichkari kirib, chegara postini o‘rnatishga harakat qilishgan.

Shuningdek, rasmiy xabarda aytilishicha, bir guruh tojikistonliklar bahsli hududdagi ko‘prikni buzmoqchi bo‘lishgan.

Qirg‘iz chegarachilari Tokijiston harbiylari va fuqarolarining harakatlariga qarshilik ko‘rsatgani va natijada o‘q otilgani aytilmoqda.

Qirg‘iziston rasmiylariga ko‘ra, to‘qnashuvda Tojikiston chegarachilari minomyotlardan foydalangan.

Ozodlik radiosi tojik xizmatining voqea guvohlariga tayanib xabar berishicha, chegaradagi bahsli hududda qirg‘izistonliklarning yo‘l va ko‘prik qurishiga qarshi chiqqan bir guruh tojikistonliklar qirg‘iz chegarachilari tarafidan o‘qqa tutilgan.

Voqeada jarohat olgan to‘rt nafar tojikistonlik og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazilgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG