Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:45

Ukrainada asir tushgan rus askari iqrori: “Bizni aldab olib kelishdi”


Ukraina hukumati mamlakat sharqida Rossiya harbiylari jangovar amaliyotlarda qatnashayotganini isbotlovchi dalillarni oshkor qildi. Rossiya havo desantining Ukraina hududida asir tushgan o‘nlab askarlari videotasvirlarda harbiy mashqlar bahonasida Rostov shahriga olib kelingani va u yerda Ukrainaga kiritilayotgan harbiy texnika karvonini qo‘riqlab borgani haqida aytadilar.

Ukraina Mudofaa vazirligi vakiliga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlariga qarashli 98-havo desanti diviziyasi, 331-parashyut-desant polkining kontrakt asosida xizmat qiladigan 10 nafar askari 24 avgust kuni harbiy amaliyotlar o‘tayotgan Donetsk viloyatining Rossiya chegarasidan 20 kilometr uzoqlikda bo‘lgan Zerьkalьnoye posyolkasida qo‘lga olingan.

Qo‘lga olingan askarlardan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, bu harbiylar bir hafta oldin temir yo‘l esheloni bilan Rossiyaning Kostroma shahridan Rostov-Donga yuborilgan.

Украинада асирга тушган россиялик ҳарбийларнинг иқрори
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:08 0:00

Ma‘lumotlarga ko‘ra, bu askar harbiy qismga taktik mashg‘ulotlar boshlangani haqida xabar berilgandan so‘ng, 24 avgust kuni kechqurun ular trevoga bilan uyg‘otilgan va radiosukunat rejimida Ukraina hududiga kira boshlagan.

Guruh chegarani buzib kirganidan so‘ng, Ilovaysk shahri tomon harakatini davom ettirgan.

Qo‘lga olingan rossiyalik harbiylar bergan ma‘lumotga ko‘ra, bu guruh tarkibida artilleriya divizioni, 400 kishiga yaqin bo‘lgan razvedka va ta‘minot guruhlari, 30 donaga yaqin desant-jangovar mashinalari, “Nona” rusumli 18ta artilleriya qurilmasi va 60taga yaqin boshqa xil avtotransport vositalari bo‘lgan.

Marsh davomida ikkita bronetransportyor (BTR) guruhdan ortda qolib ketgan va ulardan bittasi ukraina harbiylari tomonidan yakson qilingan.

Rossiya harbiylari vzvod komandiri Mixail Milenko qo‘l ostidagi askarlarni o‘z holiga tashlab, o‘zi voqea joyidan qochib yashiringan. Komandirsiz qolgan askarlar esa Rossiya tomon qochib o‘tishga harakat qilgan, biroq ukrainalik harbiylar ularni qurshovga olganidan so‘ng taslim bo‘lgan.

Qo‘lga olingan askarlar maxsus belgilari bo‘lmagan Rossiya harbiy kiyimlarida bo‘lgan. Texnikalarning tanitadigan belgilari esa yashil rang bilan bo‘yab tashlangan va ular o‘rniga yumaloq oq belgilar chizilgan.

Internetda asirga tushgan rossiyalik askarlarning suratlari va ular bilan o‘tkazilgan savol javob aks etgan videolavhalar tarqaldi.

Bu videoyozuvlarda asirga tushgan rossiyalik harbiylar qanday qilib Rostov-Don shahriga olib kelingani va Ukraina hududiga kirganlari haqida gapiradilar.

Rasmiy Moskva hozircha rossiyalik askarlarning qanday qilib asirga tushib qolganligi haqida hozircha lom-mim demagan.

Biroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu voqeaga munosabat bildirar ekan, Rossiya harbyilarining Ukraina sharqidagi jangovar amaliyotlarda ishtirok etayotgani haqidagi iddaolarni yana rad etdi:

“Men bu haqda eshitmadim, lekin bizning bostirib kirganimiz haqida dezinformatsiya yetarli.... Balkim, ertaga qaysidir bir xorijiy gazeta siz aytgan bu “yangilik”ni yozib chiqar”, dedi Sergey Lavrov Moskvada o‘tgan matbuot anjumanida.

XS
SM
MD
LG