Линклар

Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga kiritilgani to‘g‘risida bayonot berdi. Yuzaga kelgan vaziyatda Ukraina prezidenti Turkiyaga safarini bekor qildi. G‘arb mamlakatlari rahbarlari Kremldan vaziyat bo‘yicha tushuntirish talab qilmoqda.

Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko Turkiya Republikasiga belgilangan tashrifini bekor qilib, davlatda yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan Milliy xavfsizlik xizmati Kengashini chaqirdi.

"Men Donesk viloyatida, xususan Amvrosiyevka va Starobeshevoda, vaziyatning keskinlashgani bois Turkiya Respublikasiga rejalashtirilgan ishchi tashrifimni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildim, chunki darhaqiqat Ukrainaga Rossiya qo‘shinlari kiritildi", deyiladi Ukraina prezidenti rasmiy saytida e‘lon qilingan bayonotda.

Prezident Poroshenko “Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga kiritilgani” bois Kiyev BMT Xavfsizlik kengashiga favqulodda majlis o‘tkazishni to‘g‘risida murojaat qilishini ham bildirdi.​ Poroshenkoning bayonoti yozilgan video Ukraina prezidenti ma‘muriyati tarafidan e‘lon qilindi.

Ukraina rahbari Turkiya Prezidenti inauguratsiyasi marosimida qatnashish uchun Anqaraga borishi kerak va tashrifi davomida yetti davlat vakili bilan uchrashishni rejalashtirayotgan edi.

Ayni paytda, AQSh rossiyaparast ayirmachilarining Ukraina sharqidagi harakatlari Moskva tarafidan bevosita dastaklanayotganini bayon qildi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Jen Psaki 27 avgust kuni o‘tgan matbuot anjumanida Ukraina sharqidan olinayotgan ma‘lumotlar rossiyaparast ayirmachilarning Donetsk va Lugansk viloyatlarida mamlakat armiyasiga qarshi o‘tkazayotgan harbiy amaliyotlari Rossiya tarafidan dastaklanayotganiga ishora qilishini aytdi.

Chorshanba kuni Vashingtonda qilgan chiqishida Jen Psaki Ukrainaga Rossiya tarafidan tanklar, zirhli mashina va boshqa og‘ir harbiy texnika kiritilgani to‘g‘risida xabarlar kelayotganini ta‘kidladi. Davlat departamenti vakili Donesk va shahar aeroporti atroflarida og‘ir janglar ketayotganini bildirib, Rossiya harbiylari Ukraina ichkarisiga 50 kilometrga kirib borganini to‘g‘risida gapirdi.

Germaniya kantsleri Angela Merkel Kremldan bu xabarlar yuzasidan tushuntirish berishni talab qilmoqda. Kantslerning matbuot xizmati rahbari Shteffan Zibert chorshanba kuni kechki payt Angela Merkel va Vladimir Putin o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan telefon muloqot chog‘ida aynan Rossiya mojaroning bartaraf etilishiga barcha imkoniyatlarni sarflashi kerakligini bildirganini aytdi.

G‘arb davlatlari rahbarlarining bu bayonotlari seshanba kuni rus qo‘shinlari Ukrainaning Novoazovsk hududiga bostirib kirgani to‘g‘risidagi xabar tarqatilishi ortidan yangradi.

Rossiyaparast separatchilar Donesk viloyatidagi Novoazovsk shahrini bosib olganidan so‘ng Ukraina o‘z hududiga harbiy tajovuz qilganlikda Rossiyani aybladi.

Ukraina ichki ishlar vazirining maslahatchisi Zoryan Shkiryakka ko‘ra, Rossiya harbiylari Ukrainaga bir necha yo‘nalishda bostirib kirmoqda. Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi o‘z harakatlari bilan Donbassdagi aholi punktlarini bosib olish maqsadida Ukraina hukumat kuchlarini zaiflashtirishga intilmoqda, dedi Shkiryak.

Aksilterror amaliyot shtabida chorshanba kuni ertalab Ukrainaning Donesk viloyatiga 100danga yaqin Rossiya harbiy texnikasi va qurolli kuchlari kiritilganini xabar berdi.

Ukraina Ommaviy axborot vositalarida Novoazovsk shahriga Rossiyadan 500tacha piyoda askar va 30-ta tank kiritilgani va Novoazovsk shahri to‘liq rus qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilganini xabar qilmoqda.

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Kiyev NATO qo‘shinlaridan “amaliy yordam” kutayotganini ma‘lum qildi.

XS
SM
MD
LG