Линклар

logo-print

Amerikalik kino yulduzlari Anjelina Joli va Bred Pitt rasman qonuniy nikoh qurdilar.

Frantsiyaning Provans viloyatida o‘tgan yopiq to‘y marosimida faqat yaqin do‘stlar va oila a‘zolari ishtirok etgani aytilmoqda.

23 avgustda bo‘lib o‘tgan nikoh kechasi haqida jamoatchilikga 28 avgust kuni ma‘lum qilindi.

Anjelina Joli va Bred Pitt to‘qqiz yildan beri birga yashab kelishadi. Aktyorlarning olti nafar farzandi bor – ularning uchtasi asrab olingan.

Aktyorlar Gollivud filmlaridagi taniqli rollaridan tashqari qator hayriya ishlari bilan ham taniqlidir.

Joli BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligida yaxshi niyat elchisi sifatida faoliyat yuritgan. Pitt ham bir nechta hayriya tashkilotlarida faollik qiladi.

Joli va Pitt 2005 yili birgalikda suratga tushgan “Janob va Xonim Smit” filmidan so‘ng birga yashab kelishadi.

XS
SM
MD
LG