Линклар

Bayram munosabati bilan kecha Toshkentda o‘tkazilgan tantanali marosimda nutq so‘zlagan prezident Islom Karimov o‘zbekistonliklarni qutlab, mustaqillik yillarida mamlakat erishgan yutuqlardan bahs etdi.

Karimovga ko‘ra, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda 180 milliard dollarlik sarmoya o‘zlashtirilgan, buning 60 milliardi xorijiy investitsiyalar bo‘lib hisoblanadi.

O‘zbekiston prezidenti o‘tgan 23 yil mobaynida mamlakat aholisi soni 10 millionga ko‘payib, bugungi kunda 31 milliondan oshib ketganini qayd etdi.

O‘zbekistonlik san‘atkorlar ishtirokidagi bayram tantanasi yakunida Islom Karimov yana raqsga tushdi, ammo bu gal tantanalarni o‘zi uchun videotasvirga olib o‘tiradigan Gulnora Karimova tomoshabinlar orasida ko‘rinmadi.

XS
SM
MD
LG