Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:25

Bolani maktabga tayyorlash 500000 so‘mga tushyapti


O‘zbekistondagi barcha maktablarda 2 sentabr kuni birinchi qo‘ng‘iroq chalindi, yangi o‘quv yili boshlandi. Ilk bor maktab partalariga o‘tirgan yarim milliondan ortiq o‘zbekistonlik har bir o‘quvchiga prezident sovg‘alari topshirilgan.

2 sentabr ertalabdan O‘zbekistonning barcha maktablarida o‘quvchilar mamlakat madhiyalari bilan boshlanadigan tantanali lineykalarga o‘ng qo‘llarini ko‘krakka qo‘yib, saflanishdi.

Yarim milliondan ko‘proq bola birinchi sinf o‘quvchilari sifatida ilk bor maktab partalariga o‘tirishdi. Xorazmlik 6 yoshli Jasmin bu yil birinchi sinfga borayotgan 587 ming o‘zbekistonlik bolaning biri.

- Maktabga bordim, papka berdi. Ichida 12 dona daftar bor ekan. Kitob, qalam, flamaster bor ekan,- deydi Jasmin.

O‘zbekiston xalq ta‘limi vazirligi rasmiylariga ko‘ra, bu yil birinchi sinfga borgan har bir bolaga o‘quv qurollaridan iborat prezident sovg‘alari topshirilgan.

- Birinchi sinfga boradigan har bir bola bugun 12 turdagi o‘quv qurollari, daftar, lineyka, rasm daftari, rangli qog‘ozlar, akvarelь bo‘yoqlar, rangli qalamlar, yelim, ruchkalardan iborat prezidentimiz sovg‘alarini olishdi,- dedi O‘zbekiston Xalq ta‘limi vazirligi rasmiysi.

Биринчи қўнғироқ
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:13 0:00

Mustaqillik darslari

Sovet davrida yangi o‘quv yili Lenin darslari bilan boshlangan bo‘lsa, O‘zbekistonda bu mustaqillik darslari qilib o‘zgartirilgan.

Asosiy fanlardan tashqari, maktablarda prezident Islom Karimov asarlari va ma‘ruzalari ham o‘qitiladi.

Bu yildan boshlab, 9-sinf o‘quvchilari uchun Karimovning may oyida Samarqanddagi xalqaro anjumanda qilgan ma‘ruzasi ham o‘quv jadvaliga kiritildi.

- Maktab ixtiyorida 34 soat bor. Shundan olti soati prezidentimizning Samarqanddagi nutqiga ajratilgan. Keyin ketidan Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch 10 soat o‘qitiladi, keyin ikkinchi yarim yillikda O‘zbekiston mustaqillikka erishish bo‘sag‘asida alohida dars sifatida o‘qitiladi,- dedi Maorif vazirligi rasmiysi.

Buxorodagi maktablardan birining o‘quv ishlari bo‘limi mudiri G‘aybullo Bektoshkevga ko‘ra, bu yildan boshlab birinchi sinf o‘quvchilari ham ingliz tilini o‘qishni boshalaydi.

Ularning har biriga “Kid’s English”, deb nomlangan ingliz tili o‘quv qo‘llanma kitoblari ham bepul berildi.

- O‘quv yilini yaxshi boshladik. Prezident sovg‘alarini oldik. O‘quvchilarimiz chiroyli kiyimlarni kiyib kelishdi. Bu yilgi yangilik shuki, birinchi sinflarga ham ingliz tili qo‘yildi. Haftasiga ikki soatdan,- deydi Bektoshev.

Maktab ota-onaga qimmatga tushyapti

Ayrim o‘zbekistonlik ota-onalar farzandlarining o‘quv kitoblari va kiyim-kechaklarini sotib olish yildan-yilga qiyinlashib borayotganidan shikoyat etishadi.

- Bolaning maktabga borishi uchun faqat kitob –daftar olinmaydiku. Kiyim –bosh ham olish kerak. Mening uch farzandim maktabga boradi. Har birini maktabga tayyorlash 500 ming so‘mga tushyapti. Boshqa bolalarni, boylarning bolalarini kiyimiga qarab ko‘ngli o‘ksimasin deb, oxirgi pulimizga olib beryapmiz, nima qilamiz,- deydi surxondaryolik Feruza opa.

Xorazmlik Barno opa maktablarda o‘qish sifati pasayib ketgani, yonidan repititorlarga pul to‘lab farzandini o‘qitayotganini aytadi.

- Maktab xarajatlari bir yonga. Repititorga to‘laydiganimiz bir yonga bo‘lyapti. Maktabdagi o‘qish bilan qanoatlanadigan bo‘lsangiz bolangiz o‘qishga kirolmaydi. Shuning uchun repititorga pul to‘lab, darsdan keyin bolani yana o‘qityapmiz,- deydi Barno opa.

Korrupsiya katta muammo

Ismi sir qolishini istagan qoraqalpog‘istonlik sobiq maktab direktorining aytishicha, maktablarda korruptsiya, ayniqsa so‘nggi yillarda jiddiy muammoga aylanmoqda.

- Hozir o‘quvchini bir maktabdan ikkinchi maktabga, yaxshiroq maktabga olib o‘tish ham porasiz bo‘lmaydi. Yaxshi o‘qituvchilar ketib qolyapti. Maktab direktorlari malakasiz o‘qituvchilarga ko‘proq soatlarni berib, o‘qish saviyasini tushirib yuboryapti,- deydi qoraqalpog‘istonlik sobiq maktab direktori.

O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanar-boshlanmas, shu kunlarda qishloq maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari paxtaga olib chiqilishi haqidagi gap-so‘zlar allaqachon urchigan.

Lekin, qoraqalpog‘istonlik sobiq direktorga ko‘ra, bu yil ham maktab o‘quvchilarini paxtaga olib chiqmaslik haqida maktab rahbariyatlari qattiq ogohlantirilgan.

- Qishloq joylarida avvallari o‘quvchilar paxtaga chiqarilgan bo‘lsa, hozir o‘qituvchilar chiqariladi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘zlarini o‘rniga o‘quvchilarini chiqartirishi xollari bo‘ladi. O‘zi asli o‘quvchilar paxtaga chiqarilmasligi kerak, - deydi qoraqolpog‘istonlik sobiq maktab direktori.

Avvalgi yillardagidan farqli, bu yil O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari paxtaga chiqarilmasligi aytilmoqda.

Lekin, ayrim qishloq maktablarida o‘quvchilar darslardan keyin paxta terimiga chiqarilishlari haqida ogohlantirilgan.

XS
SM
MD
LG