Линклар

Gulistonda sudya, prokuror va advokat sud zalida qo‘lga olindi


27 август кунги маҳкамада безорилик ва жинсий тажоввузга доир жиноят иши кўриб чиқилаётган бўлган.

27 август кунги маҳкамада безорилик ва жинсий тажоввузга доир жиноят иши кўриб чиқилаётган бўлган.

Guliston shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudida o‘tgan hafta favqulodda hodisa ro‘y berdi. Bezorilik ishi bo‘yicha o‘tayotgan mahkama paytida, shahar sudi raisi, prokuror va advokat Milliy xavfsizlik xizmatining maxsus guruhi tomonidan sud zalidan olib chiqib ketildi. Uchovlon O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari safida keyini oylarda o‘tkazilayotgan “tozalash” tadbirining navbatdagi o‘ljasi bo‘ldi.

O‘tkir syujetli film uchun mavzu bo‘ladigan hodisa Sirdaryo viloyati Guliston shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudida o‘tgan hafta ro‘y berdi.

27 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudida o‘tkazilayotgan mahkama paytida, kutilmaganda Sirdaryo viloyati Milliy xavfsizlik xizmati maxsus guruhi sud zaliga kirib keldi va sudьya, davlat qoralovchisi hamda sudlanuvchining advokatini olib chiqib ketdi.

Guliston shahar sudidagi Ozodlik manbasining ma‘lum qilishicha, qo‘lga olingan shahar sudi raisi Abdurazzoq Sherqo‘ziyev, prokuror Shukrullo Norjigitov va advokat Komiljon Rahmonovlar til biriktirgan holda pora olganlikda gumonlanmoqda.

Ozodlik manbasiga ko‘ra, 27 avgust kungi mahkamada 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro ustidan bezorilik va jinsiy tajovvuzga doir jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotgan bo‘lgan.

Guliston shahar sudidagi manbamizning aytishicha, MXX tergovchilari uchovlonni bezorilik va jinsiy tajovuzda ayblangan 25 yoshli sudlanuvchidan pora olgan, degan versiyani o‘rganmoqda.

Lekin Gulistondagi boshqa manbamizga ko‘ra, sudya, prokuror va advokat jabrlanuvchi qizdan pora olgan bo‘lishi mumkin, degan versiya ham bor.

Shu bilan birga, jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudi raisi hibsga olingan bo‘lsa-da, kelasi kunlar ichida ko‘rib chiqiladigan jinoyat ishlari jadvalida uning ismi e‘lon qilinayotganini aytadi Ozodlik manbasi.

Gulistondagi voqea huquq-tartibot idoralarida keynigi oylar ichida o‘tkazilayotgan “tozalash” tadbirining bir qismi, deb ko‘rilmoqjda.

O‘tgan hafta boshida, Qashqadaryoda Milliy xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ibrohim Dehqonboyev bilan birga yana bir necha amaldor hibsga olingan edi. Undan avvalroq esa, MXXning 12 nafar zobiti uzoq muddatli qamoq jazolariga hukm etilgan edi.

Huquq-tartibot idoralari ichidagi tozalash jarayoni natijasida so‘nggi 2-3 oy ichida MXX, ichki ishlar, prokuratura, bojxona, soliq tizimida yuzlab xodimlar ishdan olingani va ko‘plari qamoqqa tashlangani aytiladi.

XS
SM
MD
LG