Линклар

logo-print

“Islomiy davlat” guruhi janggarilari Internet orqali amerikalik jurnalist Stiven Sotloffning boshi tanasida judo qilingani aks etmish videoni tarqatdi. Oq uy hozircha bu videoning haqiqiyligini tasdiqlay olmasligini bildirdi.

Agar bu videotasvirning haqiqiyligi tasdiqlansa, 31 yoshli Sotloff “Islomiy davlat” janggarilari tomonidan qatl etilgan ikkinchi amerikalik jurnalist bo‘ladi. 19 avgust kuni tarqatilgan birinchi videoda jurnalist Jeyms Foulining qatli aks etgandi.

Unda niqobli janggari, agar Vashington Iroqda havo zarbalari berishni to‘xtatmasa, o‘ldirilajak keyingi odam Sotloff bo‘lishi haqida amerikalik rasmiylarni ogohlantirgandi.

“Time”, “The National Interest” va “Foreign Policy” nashrlari uchun ishlagan Stiven Sotloff 2013 yilning avgust oyida Suriyada o‘g‘irlab ketilgandi. O‘tgan hafta jurnalistning onasi “Islomiy davlat” guruhi rahbaridan o‘g‘lini ozod qilishni so‘rab, videomurojaat bilan chiqqandi.

XS
SM
MD
LG