Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:45

Toshkentda islomchi terror tashkilotining qora bayrog‘i osib ketildi


Yunusobod bozoriga yaqin ko‘prikka osib qo‘yilgan islomchi terror tashkilotining qora bayrog‘ini odamlar erta tongda ham ko‘rishgan.
Yunusobod bozoriga yaqin ko‘prikka osib qo‘yilgan islomchi terror tashkilotining qora bayrog‘ini odamlar erta tongda ham ko‘rishgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasining Terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi poytaxtning Yunusobod tumanidagi ko‘prikka islomiy deb tushunilayotgan bayroq osib ketilgani faktini tekshirmoqda.

Ozodlikning Toshkent shahar prokuraturasidagi manbasiga ko‘ra¸ bu voqea shahardagi huquq-tartibot organlarini oyoqqa turg‘azgan.

Bayroqqa oid dastlabki xabarlar Ozodlikka bir-biridan mustaqil ikki manbadan kuni kecha yetib kelgan edi.

​Ozodlik manbasining aytishicha¸ bayroq 28 avgustga o‘tar kechasi osib ketilgan va erta tonggacha osig‘liq turgan.

Ozodlikka yuborilgan dastlabki fotosuratlar qorong‘uda olingan.

Yunusobod ko‘prigida osig‘liq Islomiy davlat jangarilari bayrog‘i
Yunusobod ko‘prigida osig‘liq Islomiy davlat jangarilari bayrog‘i

Shu bois bu fotosuratlar sifati anchayin zaif.

Tasvirlardan birida qora bayroq osilgan ko‘prikning yoni aks etgan. Yana bir fotosuratda esa bayroqning katta plandagi tasviri mavjud.

Fotosuratdagi ko‘prik panjarasi bilan qiyoslanganida eni taxminan bir¸ bo‘yi esa bir yarim metrli qora mato ustiga oq rangda¸ arab alifbosida “La ilaha illalloh” deb yozilgan. Bu yozuv tagidagi oq doira ichiga qora harflar bilan ustma-ust “Olloh-Muhammad–Rasul” so‘zlari ham arab alifbosida yozilgan.

Iroq, IShID bayroqdori
Iroq, IShID bayroqdori

Ozodlik arabshunoslariga ko‘ra¸ matndagi “La ilaha illalloh” kalimasi jiddiy hato bilan yozilgan.

Toshkent markaziga osib ketilgan bayroq, mutaxassislar fikricha, Yaqin Sharqda "Islomiy xalifalik" e‘lon qilgan guruh - IShID (Iroq va Shom Islomiy Davlati) bayrog‘i bilan bir xildir.

IShID guruhi BMT¸ AQSh va boshqa ko‘plab davlatlar tarafidan terrorchi tashkilot deb e‘lon qilindi.

- Shu yilning 28 avgust kuni Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasidagi ko‘prikning yon tomonidagi panjara ostiga qora gazlamadan bo‘lgan islomiy chaqiriq yozilgan bayroq ilib ketildi. Bayroq ko‘prikning baland qismidagi reklama pannosi yoniga¸ hammaga ko‘rinadigan qilib osib qo‘yilgan. Bayroq osilgani haqida 28 avgust kuni huquq-tartibot organlariga xabar kelib tushishi bilan barcha xodimlar oyoqqa turdi. Bayroq zudlik bilan ko‘prikdan yechib olinib Yunusobod tuman ichki ishlar boshqarmasiga olib ketildi¸ deya ma‘lum qildi Yunusobod tumani huquq-tartibot organlaridagi Ozodlik manbasi.

Suhbatdoshning aytishicha¸ bayroqni kim va qaysi maqsadda osgani hali aniqlanmagan. Voqea yuzasidan B.I. ismli tergovchi surishtiruv olib bormoqda.

Voqea terrorchilik targ‘iboti deya malakalanib jinoyat ish ochilgan.

Ozodlikning huquq-tartibot organlaridagi manbalariga ko‘ra bayroq respublika Diniy qo‘mitasiga ekspertiza qildirilgan. Diniy qo‘mita bayroq ustidagi arabcha jumlalarni tarjima qilib berish bilan cheklangan.

50 kishi so‘roq qilindi

Ayni manbaga ko‘ra¸ bayroq osilgan hududdagi farrosh¸ taksichi¸ do‘kondor va gul sotuvchilar, hammasi bo‘lib 50 dan ortiq kishi so‘roq qilingan:

-O‘sha atrofdagi hammani obchiqib opros qilinayapti. "Skuter mototsiklda kelib osib ketdi", degan ma‘lumot tekshirilayapti. Hadichai Kubro ayollar madrasasida ham gumonlanuvchilar tekshirilyapti. Lekin samara yo‘q xozircha, deydi Ozodlik manbasi.

Islom Karimov tashvishda

Toshkent markazida IShIDni tamsil qiluvchi islomiy bayroq osilishi bilan bog‘liq voqea mustaqillik bayrami arafasida va Yaqin Sharqda "Islomiy davlat" e‘lon qilgan terrorchi guruh - IShID jamiyatga qo‘rquv solayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

31 avgust - Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunida Toshkentdagi "Shahidlar xiyoboni"ga borgan prezident Karimov ulamolardan aholini "Islomiy davlat" xavfidan ogohlantirishni "iltimos qildi".

Bir yoniga muftiy Usmonxon Alimov, bir yoniga esa Toshkent imom-xatibi Anvar qori Tursunovni olgan prezident Iroqdagi "bemaza, notanish oqim" vakillarini O‘zbekiston ostonasiga yaqinlashtirmaslik lozimligini urg‘uladi.

Namangan, 1991 yil
Namangan, 1991 yil

“Qarang, Iroqda nimalar bo‘layapti?!. Bir bemaza, mutlaqo avval bilinmagan oqimlarning vakillari nimalar qilayapti?! “- deya savol bilan yuzlangan edi chap yonida o‘tirgan muftiy Usmonxon Alimovga qarata prezident Islom Karimov.

O‘zbekiston Prezidentining 28 avgust kuni Toshkent markaziga islom bayrog‘i osib ketilganidan habari bor-yo‘qligi ma‘lum emas.

O‘zbekistonning yangi tarixida islomiy bayroq o‘rnatish voqeasi 1991 yili Namanganda kuzatilgan.

​1991 yil dekabr oyida Toxir Yo‘ldosh boshchiligidagi “Adolat” islomiy guruhi viloyat partiya qo‘mitasi binosini ishg‘ol qilib¸ bino peshtoqi va ichkarisiga islom bayrog‘ini tikkan edi.

XS
SM
MD
LG