Линклар

Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan OzodNazarga bugun Gulistondagi oliy o‘quv yurti o‘qituvchisi Bobur domlani taklif qildik. Va domladan bir talay yangiliklar eshitdik. Ulardan biri budir: domla ishlayotgan oliygohda Tarix fakulteti Iqtisodiyot fakultetiga qo‘shilgan. Tarixchi iqtisodiyotchi yoki Iqtisodiyotchi tarixchi qanday bo‘lishini bilgingiz kelsa, Bobur domlaning OzodNazarini tinglang.

Ishlayotgani oliygohning nomi va ism-familiyasi atalmasligini istagan bo‘lsa-da Bobur domlaning OzodNazar savollariga javoblari samimiy bo‘ldiki, buni suhbatni tinglayotib sezasiz.

Yangi o‘quv yili bilan bog‘liq gaplardan tashqari Bobur domla bilan Toshkentda osilgan islomiy bayroq hamda Gulistonda bir vaqtning o‘zida sudьya, prokuror va advokatning hibsga olinishi to‘g‘risida gaplashdik.

Bobur domlaning OzodNazarini tinglang:

OzodNazar eshittirishi mehmonlari bildirgan fikrlar ularning fikrlaridir, Ozodlik radiosi pozitsiyasi muhokama qilinayotgan masalalarda mehmonlar pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

XS
SM
MD
LG